Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya Gibraltar tufayli Brexit bo‘yicha bitimni bloklamoqchi
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesning ma'lum qilishicha, mamlakat Brexit bo‘yicha kelishuvni bloklab qo‘yishi mumkin. Bu agar unda Ispaniya hukumati Britaniya bilan Gibraltar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishi mumkin ekani ko‘rsatilmasa, yuz beradi, deb xabar qilmoqda «RIA Novosti».
Sanchesning qayd etishicha, Ispaniya hukumati 72 soat oldin Brexit bo‘yicha bitim loyihasida Gibraltar haqida tomonlarning muzokaralari mohiyati borasida so‘z yuritilmasligini aniqlagan. Uning eslatishicha, bo‘g‘oz Buyuk Britaniya tomonidan «taqdim etilgan», lekin «unga tegishli emas».
«Men bu haqda gapirishdan afsusdaman, lekin hozirgi vaqtda Yevropaga yaqin bo‘lgan hukumat, ya'ni Ispaniya, agar hech qanday o‘zgarish bo‘lmasa, Brexit’ga qarshi shunday tarzda ovoz beradi», - dedi Sanches.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Brexit’ning «og‘ir ssenariysi»ga tayyorlanayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:24 / 01.12.2025
Madridda Pedro Sanchesga qarshi o‘n minglab kishi norozilikka chiqdi
10:19 / 24.11.2025
O‘zbekiston va Ispaniya zaytunchilikda hamkorlikni kuchaytiradi
08:19 / 19.11.2025
Zelenskiyning Madridga tashrifi: Ispaniya Ukrainaga yordamni davom ettiradi
14:41 / 10.11.2025