Ayrim fuqarolar noqonuniy hatti-harakatlarini heç kim bilmaydi, deb hisoblaydilar. Şundaylardan biri – Jizzax viloyat hokimlik uyidan foydalaniş boşqarmasi rahbari F.U. bölib çiqdi, deb xabar bermoqda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati.

Majburiy ijro byurosi Jizzax şahar bölimi tezkor xodimlari tomonidan Jizzax şahar, Sayiljoyi mahallasi, Ş.Raşidov şoh köçasi, 63-uyda joylaşgan Jizzax viloyat hokimlik uyidan foydalaniş boşqarmasiga tegişli bino közdan keçirilganda boşqarma rahbari F.U. bino tomonidan iste'mol qilingan elektr energiyasini hisoblaş uskunasi körsatgiçini sun'iy ravişda töxtatiş maqsadida tok transformatorlariga kelgan uç dona simlarni uzib, elektr energiyasidan noqonuniy ravişda foydalanib kelganligi oqibatida elektr ta'minoti korxonasi manfaatiga 122 mln. 845 ming söm miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mansabdor şaxs uşbu harakatlari bilan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 185(2)-moddasi 4-qismidagi jinoyatni sodir etgan.

F.U.ga sodir etgan harakatining huquqiy oqibatlari tuşuntirilgaç, elektr ta'minoti korxonasiga yetkazilgan 122 mln. sömdan oşiq zarar qoplandi.

Şundan söng, boşqarma rahbari 30 kunlik muddat içida yetkazilgan moddiy zararning örnini qoplagan.

Natijada, jinoyat oqibatlarini bartaraf etganligi uçun Özbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga muvofiq jinoyat işi qözğatiş rad etilgan.