Özbekiston Respublikasi prezidenti “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilişini nazorat qiliş, ularni himoya qiliş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. 

Hujjat bilan quyidagilar: 

umumiy ştat birligi 198 nafar, şu jumladan, hududiy bölinmalarda – 110 nafar bölgan Özbekiston Respublikasi Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi; 

davlat unitar korxonasi şaklida Texnik kömaklaşiş markazi; 

Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining “Xavfsiz şahar” jamoat tartibiga kömaklaşiş markazi taşkil etiladi. 

Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlaşga kömaklaşiş markazining böşayotgan 135 nafar ştat birligi Markazga ötkaziladi. 

Belgilab qöyilişiça: 

Davlat inspeksiyasi Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat böyiça inspeksiyaning huquq va majburiyatlari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi; 

Markaz Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlaşga kömaklaşiş markazining huquq va majburiyatlari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi, “Xavfsiz şahar” loyihasini amalga oşiriş bilan boğliq huquq va majburiyatlari bundan mustasno. 

Davlat inspeksiyasi Markazning ta'sisçisi hisoblanadi. 

Quyidagilar: 

a) Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilandi: 

aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma naşrlarni tarqatiş sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinişi ustidan davlat nazoratini amalga oşiriş; 

öz vakolati doirasida poçta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari xizmatlarining sifatli taqdim etilişi, davriy bosma naşrlar, fonogrammalar, audiovizual asarlar va EHM uçun dasturlar tarqatilişida iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş çoralarini ta'minlaş ustidan davlat nazoratini amalga oşiriş; 

fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uçun dasturlar tarqatişda (sotiş, ijaraga beriş va barçaning e'tiboriga yetkazişda) mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinişi ustidan davlat nazoratini amalga oşiriş; 

normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq davlat organlari va taşkilotlari, şuningdek, boşqa taşkilot va idoralarda “Elektron hukumat” tizimida infratuzilmani rivojlantiriş va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanilişi ustidan davlat nazoratini amalga oşiriş; 

iş va boşqaruv jarayonlarini avtomatlaştiriş, integrallaşgan axborot tizimlarini, ma'lumotlar uzatiş va almaşişning idoralararo tarmoqlarini joriy etiş va ulardan foydalaniş, davlat axborot resurslari integratsiyasi, şu jumladan, elektron davlat xizmatlari körsatiş samaradorligi; 

“oxirgi milya” tamoyili böyiça Internet tarmoğidan keng polosali foydalanişni, multiservis aloqa tarmoqlari texnologiyalarini, mobil aloqa bozorini, boşqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini, şuningdek, poçta aloqasi xizmatlarini va davriy bosma naşrlar tarqatişni kengaytiriş yöli bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş ustidan davlat nazoratini amalga oşiriş; 

b) Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: 

axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar töğrisidagi ma'lumotlarni yiğiş, tahlil qiliş va töplaş, davlat organlari va taşkilotlari axborot tizimlari, resurslari va ma'lumotlar bazalariga noqonuniy kirib oliş holatlarining oldini olişni ta'minlaydigan samarali taşkiliy va dasturiy-texnik yeçimlarni tezkor qabul qiliş böyiça tavsiyalar va takliflar işlab çiqiş;

qonun buzuvçilarni, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvçi harakatlarni amalga oşirişda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qiliş, identifikatsiyalaşda telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari, huquqni muhofaza qiliş organlari bilan hamkorlik qiliş; 

axborotlaştiriş obektlarida (davlat sirlari bundan mustasno) apparat vositalari va dasturiy mahsulotlarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya jihozlari va boşqa texnik vositalarni attestatsiya, ekspertiza va sertifikatsiyadan ötkaziş; 

davlat organlari va taşkilotlari axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini işlab çiqiş va amalga oşirişda kömaklaşiş; 

davlat axborot tizimlari va resurslari, şuningdek, internet tarmoği milliy segmentining axborot xavfsizligini ta'minlaş sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş; 

Internetning milliy foydalanuvçilarini Internet tarmoği milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bölayotgan tahdidlar töğrisida öz vaqtida xabardor qiliş, şuningdek, axborotlarni himoya qiliş böyiça maslahat xizmatlari körsatiş.