Özbekistonda fuqarolar xavfsizligini ta'minlaş şaxsan mamlakat rahbari nazoratida turibdi. Fuqarolar xavfsizligi böyiça Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tomonidan ham tegişli hujjatlar tayyorlanmoqda. Ammo, guruç kurmaksiz bölmaydi deganlaridek, har zamonda köngilsizliklar ham sodir bölmoqda. Ular sportçilar iştirokida qayd etilayotgani esa yanada açinarlidir, deb yozadi Milliy olimpiya qömitasi axborot xizmati.
21 noyabr kuni MOQda sportçilar iştirokida tartibsizliklarni, jinoiy holatlarni oldini oliş böyiça profilaktik tadbir taşkil etildi. Unda Milliy olimpiya qömitasi boş kotibi Jasur Matçanov, MOQ birinçi vitse-prezidenti Nazirjon Xudoyqulov, Toşkent şahar Içki işlar Boş boşqarmasi mutasaddilari, sport federatsiyalari vakillari, murabbiylar va ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişdi.

Tadbir davomida sportçilar iştirokida sodir bölayotgan köngilsiz hodisalar, jinoyatlar misol qilib keltirildi. Sportçilar imkon darajasida nazoratda ekanligi, ammo noolimpiya yönalişida faoliyat olib borayotgan ba'zi sportçilar e'tibordan çetda qolib ketayotgani qayd etildi. Mutasaddilar tomonidan federatsiya vakillari va murabbiylarga sportçilar uçun bu borada tuşuntiriş işlarini olib boriş lozimligi aytildi. Bunda albatta asosiy mas'uliyat murabbiylarga yuklatiladi. Sportçilarga kuçni köçada emas, maşğulotlarda va musobaqalarda körsatişlari kerakligini aynan murabbiylar öz şogirdlariga tuşuntirişlari kerakligi aytildi. Çunki, yoş sportçi ota-onadan köra, köproq ustozining körsatmalariga amal qilişi ta'kidlandi. Agar murabbiylar bu borada mas'uliyatsizlikka yöl qöyadigan bölsalar, litsenziyadan mahrum qilişgaça bölgan jazo qöllanilişi mumkinligi ma'lum qilindi.
Uçraşuv davomida bunday holatlarni oldini oliş böyiça tegişli tavsiya va takliflar berildi, federatsiyalar vakillari özlarining fikr va mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, yoşlar sport bilan şuğullaniş uçun kelganda maşğulotlarda örganadigan uslublarni sport zali va musobaqalardan boşqa joyda qöllamasliklari böyiça tilxat oliş lozimligi, faoliyatini yakunlagan sportçilar turli qinğir yöllarga kirib ketmasligi uçun ularni iş bilan ta'minlaş kerakligi taklif sifatida aytib ötildi.
“Rejaga köra kelajakda sportçi va murabbiylar uçun «Ma'naviyat kuni» taşkil qilinadi. Milliy olimpiya qömitasi va Içki işlar vazirligi bu borada yaqindan hamkorlik qiladilar”, - deyiladi xabarda.












