Bahraynda ötkazilgan III Osiyo yoşlar öyinlarida Özbekiston tarkibida medallarni qölga kiritgan sportçilar va murabbiylarni taqdirlaş marosimi ötkazildi.
Milliy Olimpiya qömitasida sportçilar va ularning murabbiylariga bir martalik pul mukofotlari taqdim etildi. Jumladan, oltin medal egalariga 2000 dollar, kumuş medal egalariga 1000 dollar, bronza medali egalariga 500 dollar miqdorida mukofot berildi.
Özbekiston delegatsiyasi musobaqada muvaffaqiyatli iştirok etib, 37 ta oltin, 16 ta kumuş va 28 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinçi örinni qölga kiritgan edi.
Tadbirda prezidentning sport böyiça vakili Odil Abduraxmanov, şuningdek, Sport vazirligi va MOQ rahbariyati, musobaqada şohsupaga kötarilgan sportçilar va ularning yaqinlari iştirok etdi.
Rasmiylar yoş atletlarni qölga kiritilgan muvaffaqiyat bilan qutladi.















