Angliyaning Mançester şahrida bölib turgan Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi raisining birinçi örinbosari Otabek Umarov, taşkilot boş kotibi Oybek Qosimov, Özbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamolov, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov hamda Özbekistonning Buyuk Britaniyadagi elçisi Ravşan Usmonov “Mançester Siti” klubining ştab-kvartirasi hamda jamoa akademiyasiga taşrif buyurdi.


Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabariga köra, mutasaddilar klub tarixi va uning tizimi bilan yaqindan tanişişdi.

“Jamoa mutaxassislari özbekistonlik rasmiylarga klubning marketing, akademiya faoliyati va undagi futbol ta’limi, xalqaro aloqalar, seleksiya va boşqa yönalişlardagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berişdi. Şuningdek, ingliz klubi tajribasini Yuqori Çirçiq tumanida qurilgan Milliy futbol markazida tatbiq etiş borasida fikr almaşildi”, deyiladi xabarda.
Taşrif yakunida rasmiylar “Mançester Siti” jamoasining maşğulot bazasini körişdi. Şu yerning özida klub boş murabbiyi Hosep Gvardiola hamda Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi va «şaharliklar» himoyaçisi Abduqodir Husanov bilan suhbat taşkil etildi.


















