Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi reestr.mehnat.uz saytini işga tuşirdi. Sayt orqali onlayn tartibda xususiy bandlik agentliklari reyestri va Özbekiston fuqarolarini xorijda işga joylaştiriş böyiça faoliyat yuritiş uçun litsenziya olişga hujjatlar havola etiş kabi ikki xil turdagi xizmatdan foydalaniş mumkin.

2018 yil 17 oktabrda prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Xususiy bandlik agentliklari töğrisida”gi qonunga muvofiq, Özbekiston fuqarolarini xorijda işga joylaştiriş böyiça davlat monopoliyasi tugatildi. Endilikda mazkur faoliyat turi bilan xususiy taşkilotlar ham şuğullanişi mumkin.
Qonunda, şuningdek, fuqarolarni Özbekiston hududida yoki taşqarisida işga joylaştiriş böyiça amalga oşiriladigan har qanday faoliyat uçun xususiy bandlik agentliklarini röyxatdan ötkaziş va reestr.mehnat.uz sayti orqali reyestrga kiritiş zarurligi nazarda tutilgan. Ta'kidlaş joizki, xususiy bandlik agentliklari nomlanişida “XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” sözlari bölişi kerak.
Agarda xususiy bandlik agentliklari Özbekiston fuqarolarini xorijda işga joylaştiriş faoliyati bilan şuğullanadigan bölsa, reestr.mehnat.uz sayti orqali litsenziya olişi, litsenziya oliş uçun hujjatlarni topşirişi zarur.
Lisenziya oliş şartlari Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasida 50 ming AQŞ dollarini zaxiralaş hamda ştatda kamida ikki nafar xodimning bölişi kabi talablardan iborat. Xususiy bandlik agentligi ustav fondining eng kam miqdori belgilanmagan.
Qonunning qabul qilinişi işga joylaştiriş, şu jumladan, mehnat migratsiyasi böyiça xizmat körsatadigan bozorni tartibga solişga, xususiy sektorlar uçun yangi imkoniyatlar yaratişga, şuningdek, Özbekiston hududida va taşqarisida mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini kuçaytirişga qaratilgan.











