Zamonaviy Iordaniya hududida joylaşgan qadimiy sivilizatsiyaning halokatiga meteorit sabab bölgani aniqlandi. Bu haqda Science News naşri ma'lum qildi.
AQŞning Albukerke şahridagi Janubi-ğarbiy universitet olimlari Tall-al-Hammom şahri yaqinidagi qadimiy jinslarni tahlil qilib, bu hududda minerallar kristallanişi bir onda va yuqori harorat sababli yuz berganini aniqlaşgan. Bundan taşqari, olimlar uylar poydevorlari qoldiqlarini tadqiq qilib, binolar bir onda vayron bölganini aniqlaşgan.
Olimlar bu ma'lumotlardan kelib çiqib, 2,5 ming yillik sivilizatsiyani meteorit yöq qilgan, degan xulosaga kelişgan. Meteorit Yer sirtida portlab, 25 kilometr diametrdagi 5 şahar va yuzdan köproq qişloqni vayron qilgan.












