- Ötgan uç yil içida Isroil öz duşmanlarini zaiflaştirdi. Ammo nega Yaqin Şarq xavfsizroq bölmadi?
Şavkat Ikromov: Umumiy nuqtayi nazardan qaraganda, Yaqin Şarq xavfsizroq bölgani yöq. Ammo vaziyatga Isroil nuqtayi nazaridan qarasak, 2023-yil 7-oktabrdan keyingi davrda Isroil öziga tahdid solayotgan asosiy kuçlarning katta qismini zaiflaştirişga muvaffaq bölganini köriş mumkin.
Birinçi navbatda, Hamas masalasiga töxtaliş kerak. Isroil armiyasi maʼlumotlariga köra, Hamasning son jihatdan salohiyati keskin kamaymagan bölişi mumkin, ammo uning samarali uruş olib boriş qobiliyati ança zaiflaşgan. Ikkinçi asosiy kuç – “Hizbulloh”. U Isroil uçun asosiy xavflardan biri va Eronning muhim proksilaridan hisoblanadi. Biroq “Hizbulloh” ham hozir keng kölamli uruş olib boriş imkoniyatiga ega emas. Isroil bu guruhga qarşi juda jiddiy harbiy amaliyotlar ötkazib, uning salohiyatini sezilarli darajada pasaytirdi.
Şundan keyin Livandagi vaziyat ham özgardi. “Hizbulloh” zaiflaşgaç, Isroil Livanda ança erkin harakatlana boşladi. Xalqaro hamjamiyatning eʼtiroz va çaqiriqlariga qaramay, Isroil Livan hududida öz harbiy imkoniyatlarini kengaytirdi.
Yana bir muhim yönaliş – Suriya. Isroil ayrim davrlarda druzlarni qöllab-quvvatlaş vajidan Jölon tepaliklari va uning atrofida erkinroq harakat qildi. Eng muhimi, Suriyada Isroil bilan murosa qiliş yoki maʼlum şartlar asosida kelişişni istaydigan hukumat şakllandi.
Tarixiy nuqtayi nazardan qarasak, Isroil uçun mintaqadagi asosiy xavf markazlari vaqt ötişi bilan özgarib kelgan. 1979-yilgaça Misr Isroil uçun asosiy raqiblardan biri edi. Misr bilan tinçlik kelişuvi tuzilgaç, bu muammo Isroil uçun yetarliça hal qilindi. Keyinçalik Iroq va Suriya kabi davlatlar xavf manbayi sifatida körildi. Iroqdagi rejimning qulaşidan keyin bu yönaliş ham özgardi. Endi Suriyada ham Isroil bilan kelişişga tayyor hukumat mavjud.
Bugungi vaziyatda Isroil uçun eng katta qarama-qarşilik saqlanib qolayotgan davlatlar – Eron va Turkiyadir. Şu maʼnoda, Isroil öz çegaralaridan Yamangaça bölgan keng hududda özi uçun maʼlum darajada xavfsizlik halqasini şakllantira oldi, deyiş mumkin. Albatta, bu xavfsizlik halqasi qançalik mustahkam ekani va qança vaqt saqlanib qolişi oçiq masala. Ammo 2023-yil 7-oktabrgaça Isroil tomonidan asosiy xavf sifatida körilgan guruhlarning aksariyati bugun avvalgidek harbiy qudratga ega emas. Şu sababli ular Isroil uçun oldingidek xavf manbayi bölib qolmagan.
Bu yerda Ibrohim kelişuvlarini ham hisobga oliş kerak. Kelişuvlar jarayoni yaxşi ketayotgan bir paytda, 7-oktabr voqealari yuz berdi. Isroil uçun jarayonning eng muhim bosqiçi Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarni normallaştiriş edi. Isroil bundan katta umid qilgan va Saudiya bilan kelişuv butun arab dunyosi bilan munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqişiga işongan. Biroq Saudiya Arabistoni 7-oktabrdan keyin Isroil bilan munosabatlarni normallaştirişga faqatgina Falastin davlatçiligi yölida aniq qadamlar taşlangan taqdirdagina rozi bölişini bildirgan.










