Superligada 31-tur yakunlanib bormoqda. Bugun Qöqon, Buxoro va Qarşi şaharlari yilda sönggi marta çempionat öyinini qabul qildi.

Muddatidan oldin bronza medali sohibi bölib ulgurgan «Navbahor» bu turda «Buxoro» maydoniga safar qilib, 2:1 hisobida ğalaba qozondi.

«Nasaf»-OKMK öyinida mezbonlar birinçi bölimdan keyingi 2:0 hisobini saqlab qola olmay, durang natija qayd etişdi. Vaholanki, qarşiliklarning musobaqa jadvalidagi asosiy raqibi «Qizilqum» turning oçiliş öyinida durang öynagan, natijada qarşiliklarda ularni quvib ötiş uçun ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi.

Sönggi 4ta turdan uçtasida ğalaba, bittasida durang qayd etgan «Qöqon-1912» bu safar «Söğdiyona»ni mağlub eta olmadi. Bir-birini 1 oçko ajratib turgan ikki klub örtasidagi bahsda hisob oçilmadi.

Ertaga bölib ötadigan «Lokomotiv» - «Paxtakor» öyini bilan 31-turga yakun yasaladi. Superliganing mavsumdagi sönggi öyinlari kelasi hafta payşanba-juma kunlariga belgilangan.

Superliga
31-tur, 25 noyabr
BUXORO — NAVBAHOR – 1:2 (1:1)
Gollar: Salamat Qutibayev (45) – Aliyev Azam (37), Şerzodbek Karimov (64).
Hakamlar: Aziz Asimov, Şoxruh A'zamov, Ravşan Kapadze, Firdavs Norsafarov. 
Nazoratçi: Noil Lutfullin. 
Komissar: Rodion Kondratev.

NASAF — OKMK – 2:2 (2:0)
Gollar: Bobir Abduxoliqov (19), Islom Kenjaboyev (30) – Şohnazar Norbekov (59), Vladislav Kasminin (78).
Hakamlar: Valentin Kovalenko, Avaz Abdullayev, Maksim Nexoçin, Rustam Lutfullin.
Nazoratçi: Sardar Najafaliyev. 
Komissar: Oybek Yunusov.

QÖQON-1912 — SÖĞDIYoNA – 0:0
Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Timur Galeyev, Aleksandr Sidorov, Törabek Suyunov. 
Nazoratçi: Dmitriy Roman.
Komissar: Ma'mur Saidqosimov.

23 noyabr
QIZILQUM – NeFTÇI – 1:1 (0:0)
Gollar: Alişer Sanoyev (70) - Andrey Sidorov (68)
Amalga oşirilmagan penalti: Gevorkyan («Qizilqum», 90, noaniq)

24 noyabr
BUNYoDKOR – MeTALLURG – 1:0 (0:0)
Gol: Haydarov (50, pen.)

26 noyabr, duşanba
18:00. Lokomotiv — Paxtakor

32-turning barça öyinlari soat 18:00da boşlanadi.
29 noyabr, payşanba
Söğdiyona – Nasaf
OKMK – Qizilqum
Neftçi – Qöqon-1912

30 noyabr, juma               
Navbahor – Lokomotiv
Paxtakor – Bunyodkor
Metallurg – Buxoro