Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasiga keltirilgan zarar qoplanganidan söng jinoyat işi töxtatiladigan jinoyatlar röyxatini kengaytiriş töğrisidagi qonun loyihasini kiritdi.
Loyihada kreditlaş, elektron tölov vositalaridan foydalanib tölov oliş, suğurta va kompyuter axboroti sohalaridagi firibgarlik bilan boğliq jinoyatlarni ana şu röyxatga kiritiş taklif qilingan. Şuningdek, tadbirkorlik sohasidagi şartnomalarni qasddan bajarmaslik, mualliflikni özlaştiriş, ixtiroçilik va patent huquqlarini buziş, aldov yoki işonçga kiriş yöli bilan mulkka zarar yetkaziş kabi jinoyatlar sodir etilganda zarar töliq qoplangan taqdirda jinoyat işini töxtatiş taklif qilingan.
Bundan taşqari, hujjatda tadbirkorlik sohasida vakolatini suiiste'mol qilganlikda gumonlanganlar yoki ayblanayotganlarni qamoqxonaga jönatişni taqiqlaş taklif etilmoqda.












