«Çelsi» yarimhimoyaçisi Eden Azar «PSJ» jamoasining Fransiya çempionatidagi va Çempionlar ligasidagi iştirokiga baho berdi. 

«PSJ» YeÇLning 5-turida «Liverpul»ni qabul qiladi.

«Agar Liga 1 darajasiga qaraydigan bölsak, içki çempionatdagi har bir öyin «PSJ» uçun – yengil sayrdir. Ular Çempionlar ligasida öynaşni ham oson bilişadi. 

Ammo ular bu turnirda qattiq kuraşişlari zarur. Men Liga 1 darajasini muhokama qilmoqçimasman, ammo men «PSJ»ning natijalariga qarar ekanman, bu çempionat juda kuçsiz körinadi.

«Liverpul» – kuçli hujum çiziğiga ega ajoyib jamoa: Saloh, Firmino va Mane. Ammo öyini çiqsa «PSJ» istalgan raqibni mağlub etişi mumkin.

«PSJ» meni transfer qilmoqçi bölib aloqaga çiqqan, ammo men rozilik bildirmadim. Men hamişa aytganman, agar Fransiya çempionatiga qaytsam, bu «Lill» böladi», – degan Azar. 

Azar şuningdek «Real» öz orzusidagi klubi ekani haqidagi savolga javob qaytargan.

«Jiddiysini aytaymi? Ha, bu töğri. Lekin men ayni vaqtda bor e'tiborimn  «Çelsi» öyinlariga qaratganman. Mening şartnomam mavsum oxiriga qadar tuzilgan.

Agar kelişuvni uzaytirmasam, barçasi bölişi mumkin. Men yanvarda klubimni almaştirmayman, men öz klubimga va muxlislarga nisbatan bunday iş qilmayman.

Balki, keyingi yozda bölişi mumkin. Ammo bu boşqa masala. Balki men butun faoliyatimni «Çelsi»da ötkazişim mumkin», – deya qöşimça qilgan Azar.