Şveytsariya aholisi 25 noyabrdagi referendumda milliy qonunçilikning xalqaro qonunçilikdan ustuvorligidan voz keçiş, suğurta kompaniyalari ijtimoiy tölovlarning qonuniyligini tekşiriş uçun xususiy izquvarlar yollaş va sigirlarining şoxlarini arralab taşlaşni davom ettiriş uçun ovoz berişdi.
Referendumga uçta qonunçilik taşabbusi qöyilgan. Şveytsariya xalq partiyasining “Özga sudyalar örniga şveysar huquqi” deb nomlangan taklifi Şveytsariya konstitutsiyasida mamlakatning huquqiy suvereniteti va milliy qonunçilikning xalqaro qonunlardan ustuvorligini mustahkamlaşni közda tutgan. Bu taklifga qarşi çiqqanlar, u qabul qilinsa, kamida 600 ta xalqaro kelişuvga futur yetişini aytişgan. Natijada bu taklifga 65 foizdan köproq aholi qarşi ovoz bergan.
“Qişloq xöjaligi hayvonlarining ustuvorligi haqida”gi ikkinçi taşabbus sigir va boşqa hayvonlarning şoxini arralaşni taqiqlaş, çunki bu çorvaning soğliğiga ta'sir qilişiga taalluqli bölgan. Bu taşabbus ham aholi orasida qöllab-quvvatlanmagan.
Uçinçi masala “Şveytsariya Konfederatsiyasining ijtimoiy ta'minot sohasidagi asosiy qonunlari haqida”gi federal qonunga tuzatmalar kiritiş bilan boğliq bölib, gap ijtimoiy suğurtalaş kompaniyalariga inson ijtimoiy tölovlarni töğri olayotgani yoki firibgarlik amalga oşirayotganini tekşiriş uçun xususiy izquvarlarni yollaş huquqi berilişi haqida ketgan. Uşbu taklifga qarşi çiquvçilar tuzatmaning qabul qilinişi şaxsiy hayotga aralaşuvni anglatişini aytganlar, biroq amalda detektivlar faoliyatiga ma'lum çeklovlar qöyilgan. Uşbu taşabbusni 65 foiz aholi qöllab-quvvatlagan.












