26 noyabr kuni erta tongda Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qöşinlarining jangovar şayligini tekşiriş böyiça majmuaviy tadbirlar boşlandi, deb xabar beradi Kun.uz’ga vazirlik matbuot xizmati.

Özbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuçlar oliy boş qömondoni Şavkat Mirziyoyevning farmoyişiga binoan 26 noyabr erta tongda Mudofaa vazirligi qöşinlarining jangovar şayligini tekşiriş uçun keng kölamli öquv maşğulotlari boşlandi. Unga asosan Mudofaa vazirligi qöşinlari «Trevoga!» signali böyiça kötarildi. Uşbu öquv maşğuloti 30 noyabrga qadar, beş kun davomida ötkaziladi. Unda Mudofaa vazirligining barça qöşinlari qatnaşmoqda.

Qöqqisdan tekşiruvning asosiy maqsadi — joriy yil davomida Mudofaa vazirligi qöşinlari va boşqaruv organlarida amalga oşirilgan işlarni baholaş hamda tahlil qilişdan iborat. Qöşinlar qöllanilişi böyiça tegişli vazifalarni belgilangan muddat içida bajarişlari, ya'ni harbiy xizmatçilarning öquv-jangovar topşiriqlarni amalga oşirişi va nostandart qarorlarni qabul qilişga tayyor ekanliklarini körsatişlari lozim.

Bunga qadar harbiy xizmatçilarning jangovar şayligi faqatgina harbiy okruglar miqyosida tekşirilgan. Bu kabi keng kölamli qöqqisdan tekşiruvlar Özbekiston armiyasida avval ötkazilmagan.

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Boş ştabi boşliği tomonidan vazifalar belgilab berildi va harbiy okrug qömondonliklariga yetkazildi. Şundan söng, statsionar boşqaruv punktlari taşkil etildi va unda amaliy işlar boşlab yuborildi, harbiy okruglarning mobil boşqaruv punktlari öz işini boşladi.

Bunda asosiy e'tibor qöşinlarni barqaror va uzluksiz boşqarişni taşkil etiş hamda qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Tekşiruvning uşbu bosqiçida xavfsizlik qoidalariga, harbiy texnika va qurollarning sozligiga qat'iy rioya qilindi.

Qöqqisdan tekşiruv davomida qöşinlar harakati ustidan nazorat va tahlilni maxsus tuzilgan Idoralararo işçi komissiyasi olib bormoqda.

Signal qöqqisdan berilgan bölsa-da, qöşinlarni şoşirib qöymadi. Öquv yili davomida qöqqisdan böladigan tadbirlar böyiça ötkazilgan maşğulotlar harbiy xizmatçilarda eng mas'uliyatli vaziyatlarda jangovar şay holatga tayyor turişini ta'minladi.

Birinçi kunda Mudofaa vazirligi qöşinlari avto hamda zirhli texnika vositalari tarkibida belgilangan hududlarga kolonna şaklida marşni amalga oşirdi. Harbiylarning ma'naviy va psixologik holati barqaror, şaxsiy tarkib keyingi vazifalarni bajarişga tayyor turibdi.












