«Davlat kadastrlari töğrisida»gi qonunning 13-moddasiga tegişli tuzatişlar kiritiş taklif etilmoqda. Qonun loyihasi muhokama qiliş joylaştirilgan.
 
Norma xabariga köra, köçmas mulk obektlariga bölgan huquqlarni notöğri röyxatdan ötkazganlik uçun moddiy javobgarlikni joriy etiş taklif qilinmoqda. Davergeodezkadastr (qonun loyihasini işlab çiquvçi) taklifi qabul qilinsa, köçmas mulk obektlariga bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkazuvçi organlar köçmas mulk obektlari bilan vijdonan bitim tuzgan taraflarga yetkazilgan zararlarni qoplaydilar.
 
Ma'lumot uçun: yuridik va jismoniy şaxslarning köçmas mulkka bölgan huquqlarini va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat röyxatidan ötkazişni Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri yer tuziş va köçmas mulk kadastri davlat korxonasining tegişli tuman (şahar)dagi filiallari amalga oşiradilar.
 
Sudning qonuniy kuçga kirgan hal qiluv qarori qoplaş uçun asos böladi. Tölovlarni tölaşning umumiy tartibi va miqdorini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
 
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.