Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Özbekiston köçmas mulk bozori böyiça yangilangan şarhni taqdim etdi.
Joriy yilning avgust oyida respublika böyiça qariyb 25,1 mingta uy-joy oldi-sotdi bitimi rasmiylaştirildi, bu ötgan yilning avgust oyidagi körsatkiçga deyarli mos keladi – bu 0,2 foiz ösişni anglatadi.
Şuningdek, yil boşidan buyon Özbekistonda uy-joy savdosi ötgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga ösib, 222,5 mingta bitimni taşkil etdi.
Mart oyida bitimlar soni 43,5 mingtagaça sezilarli darajada oşganidan söng, aprel–may oylarida faollik pasaydi. Iyun-iyul oylarida körsatkiç oyiga 25–26 mingta bitimgaça tiklandi va avgust oyida ham şu darajada saqlanib qoldi.
Hududlar kesimida
Avgust oyida faollik 14 ta hududning 6 tasida oşdi. Toşkent şahrida 7,4 mingta uy-joy oldi-sotdi şartnomasi rasmiylaştirildi, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga köp.
Yil boşidan buyon (yanvar-avgust) poytaxtda uy-joy savdosi hajmi 27,5% ga oşdi. Şu bilan birga yuqori ösiş surʼatlari Sirdaryo (25,4 foiz) va Andijon viloyatlarida (23,8 foiz) ham qayd etildi.
Eslatib ötamiz, avgustda Özbekistonda köçmas mulk bozori uçun yangi mexanizmlar joriy qilingandi. Yangi qonunga köra, riyeltorlar faoliyati, köçmas mulk böyiça agentlar işi, Yagona reyestr va multilisting tizimi kabi yangi huquqiy mexanizmlar joriy qilinadi.












