Kun.uz köçmas mulkni ommaviy baholaş yuzasidan rasmiylar va mustaqil baholovçilar iştirokida debat taşkil etdi. Unda Köçmas mulkni ommaviy baholaş milliy markazi direktori örinbosari Feruz Sultonov, markaz boşqarma boşliği Botir Karimov, Özbekiston baholovçilar jamiyati raisi Zebuniso Isanova va jamiyat boşqaruv kengaşi aʼzosi Şuhrat Abduvahobov qatnaşdi.

Muhokamada ommaviy baholaş natijalarining huquqiy maqomi, “bozor narxiga yaqin qiymat” tuşunçasi, baholaşda qöllanayotgan koeffitsientlar va mulkdorlarning eʼtiroz bildiriş imkoniyati yuzasidan savollar kötarildi.
Kompensatsiyada ommaviy baho asos böladimi?
Feruz Sultonovning tuşuntirişiça, ommaviy baholaş natijalari köçmas mulk jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilganda kompensatsiyani töğridan töğri belgilaydigan qiymat sifatida nazarda tutilmagan. U dastlabki hisob-kitob va möljal uçun axborot manbasi bölib xizmat qilişi mumkin.

Markaz vakili kompensatsiya böyiça amaldagi tartib saqlanişi, tomonlardan biri ommaviy baholaş natijasiga rozi bölmasa, mustaqil baholovçi jalb qilinişi mumkinligini bildirdi.
“Snos” jarayonida özaro ikki tomonning kelişuviga asosan, hozirgi tartib qanaqa bölsa, xuddi şu tartibga amal qilinadi”, - dedi Sultonov.
Uning aytişiça, mulkdor va ikkinçi tomon ommaviy baholaşda aniqlangan qiymatga rozi bölsa, undan kelib çiqib tölovlarni amalga oşirişi ham mumkin.
Şuhrat Abduvahobov aynan şu yondaşuvga eʼtiroz bildirdi. Uning fikriça, kompensatsiya masalasida tomonlarning kelişuvi bilan çeklanib qoliş yetarli emas: jamoat ehtiyojlari uçun yer olib qöyişga oid qonunda qoplanişi lozim bölgan alohida yöqotişlar nazarda tutilgan.

Baholovçi köçmas mulk va yerga bölgan huquq qiymati bilan birga köp yillik daraxtlar, boy berilgan foyda hamda köçiş xarajatlarini ham tilga oldi. Uning taʼkidlaşiça, ommaviy baholaş bu omillarning barçasini qamrab olmaydi.
“Ommaviy baholaş natijalari kompensatsiya obyektlarini töliq qamrab olmaganligi sababli uni qöllaş notöğri böladi”, - dedi Abduvahobov.
Şu tariqa, rasmiylar ommaviy bahoni kompensatsiya böyiça dastlabki möljal sifatida izohlagan bölsa, baholovçilar u yakuniy hisob-kitob örnini egallamasligi uçun qöllaniş çegaralari aniq yozilişi zarurligini taʼkidladi.
Uy oldi-sotdisida ommaviy baho qanday ahamiyatga ega?
Oldi-sotdi masalasida Feruz Sultonov ommaviy baho mulkdor va xaridor uçun majburiy narx bölmasligini bildirdi.
“Bu oldi-sotdida heç qanaqa çeklovni belgilamaydi. Majburiy norma emas”, - dedi u.
Uning izohiga köra, bir milliard sömga baholangan obyektni aynan şu summaga sotiş yoki sotib oliş talabi yöq. Ommaviy baho fuqaroga mulkining taxminiy qiymatini biliş, xaridorga esa qança mablağ kerakligini oldindan çamalaş imkonini beradi. Davlat esa hududlar kesimida köçmas mulk fondining taxminiy qiymatiga ega böladi.
Baholovçilar eʼtirozi bu tuşuntiriş qonun loyihasida qançalik aniq ifodalanganiga qaratildi. Şuhrat Abduvahobov qonun loyihasining 12-moddasida natijalardan köçmas mulk bilan boğliq bitimlarni rasmiylaştiriş, soliq soliş va qonunçilikda belgilangan boşqa maqsadlarda foydalaniş körsatilganini qayd etdi.
Uning fikriça, “köçmas mulk bilan boğliq bitimlar” keng tuşunça: unga oldi-sotdi bilan birga garov va boşqa munosabatlar ham kiradi. Şu sababli qiymat qayerda majburiy, qayerda tavsiyaviy ekanini oçiq belgilaş kerak.
Baholovçi mulkdorning bir xil qiymatga munosabati undan qanday maqsadda foydalanilişiga qarab özgarişini tuşuntirdi. Soliq uçun bozor qiymatidan pastroq baho maʼqul bölişi mumkin, kompensatsiya olişda yoki mulkni korxona ustav fondiga uluş sifatida kiritişda esa pastroq qiymat uning zarariga işlaşi ehtimoli bor.
Abduvahobov loyihaning 11-moddasidagi natijalar “tavsiyaviy xususiyatga ega” ekani va qonunda töğridan töğri nazarda tutilgan hollarda “ustuvor hisoblanişi” haqidagi qoidalarni ham aniqlaştirişni taklif qildi.
Zebuniso Isanova ekspertlar eʼtirozlarini loyihani takomillaştirişga qaratilgan professional takliflar sifatida qabul qiliş zarurligini bildirdi.
“Aynan ekspert baholovçilar tomonidan professional yondaşuv asosida berilayotgan takliflarga eʼtibor qaratiş kerak”, - dedi u.
Sultonov esa oldi-sotdida tomonlarning kelişuvini çeklamaslik haqidagi norma avval kiritilganini, jamoatçilikka taqdim etilgan loyiha tahririda tegişli jumla tuşib qolgan bölişi mumkinligini aytdi. U yakuniy loyihani baholovçilar bilan birgalikda körib çiqişga tayyorligini bildirdi.
Soliqlar oşadimi?
Köçmas mulkni ommaviy baholaş milliy markazi vakiliga köra, tizimning maqsadlaridan biri - soliq yukini adolatli taqsimlaşdir. Joylaşuvi va infratuzilmasi sabab qimmatroq bölgan mulk bilan imkoniyatlari çeklangan hududdagi mulkka soliq solişda bu farqlar hisobga olinişi közda tutiladi.
Biroq Sultonov baholaş natijalarini soliqqa tatbiq etiş tartibi va miqdorlarini belgilaş markaz vakolatiga kirmasligini taʼkidladi.
“Uni qaysi sohada qöllaş, qaysi sohada qöllanilmasligi, qaysi sohada qança foizini yoki qanaqa tartibda qöllanilmasligi bu bizning vakolatimizga taalluqli emas”, - dedi u.
Uning aytişiça, ommaviy baholaşning özi soliqlarning karralab oşişini anglatmaydi. Natijalarni amaliyotga tatbiq etişdan oldin tajriba yakunlarini örganiş va tizimni takomillaştiriş zarur.
Baholovçilar esa natijalarni qöllaş maqsadi avvaldan aniq bölişi kerakligini bildirdi. Zebuniso Isanova har qanday baholaş muayyan maqsadga yönaltirilişi zarurligini taʼkidladi.
Şuhrat Abduvahobov mulkdor oldi-sotdi, garov yoki suğurta bitimida qatnaşişga majbur bölmasa-da, soliq tölaş majburiyatiga ega ekanini qayd etdi. Uning fikriça, ommaviy baholaşga ehtiyoj tuğdiradigan jarayonlarni aniqlaşdan kelib çiqib, natijalarni qöllaş sohasi belgilanişi kerak. U bunday maʼlumotlardan renovatsiya dasturlarini rejalaştiriş va zarur mablağlarni dastlabki hisoblaşda ham foydalaniş mumkinligini aytdi.
“Bozor qiymati” va “bozorga yaqin qiymat” nimasi bilan farq qiladi?
Markazning tuşuntirişiça, ommaviy baholaşda har bir xonadonga kirib, uning haqiqiy taʼmir holati tekşirilmaydi. Obyektlar mavjud maʼlumotlar asosida, örtaça taʼmirlangan holatga keltirib baholanadi. Individual baholaşda esa obyekt joyiga çiqib bevosita örganiladi. Feruz Sultonovning fikriça, aynan şu farq sabab natija “bozor narxiga yaqin qiymat” deb yuritilmoqda.
Zebuniso Isanova bu atamaning baholaş sohasidagi örniga aniqlik kiritiş kerakligini bildirdi.
“Baholaş sohasida faqat ikkita qiymat turi bor: bozor qiymati va bozordan farqlanuvçi qiymat”, - dedi u.
Isanova ommaviy baholaşda aniqlangan natija bu qiymat turlaridan qaysi biriga kirişi haqida savol qöydi. Abduvahobov esa bozor qiymatining taʼrifi va uni aniqlaş standartlari mavjudligini, “bozorga yaqin” degan tuşunçaning özi ham bozor qiymatiga tayanişini taʼkidladi.

Bahsda eʼlondagi narxlar va amaldagi bitimlar qiymati örtasidagi tafovut ham muhokama qilindi. Sultonovning aytişiça, Toşkent böyiça bir yil davomida eʼlon qilingan 100 mingdan ortiq taklif va 85 mingdan ortiq notarial oldi-sotdi bitimi örganilgan. U muhokamada tilga olingan 30–40 foizlik tafovutlarni taklif narxi va savdolaşuvdan keyingi sotuv narxi örtasidagi farq bilan izohladi.
Abduvahobov esa notarial şartnomalardagi summalar har doim ham real sotuv narxini aks ettirmasligi, individual baholaşda ham savdolaşuv uçun tuzatiş hisobga olinişini taʼkidladi.
Mulkdorning eʼtirozini kim körib çiqadi?
Muhokama yakunida Şuhrat Abduvahobov natijalardan norozi mulkdorlarning murojaatlarini körib çiqiş tartibiga eʼtibor qaratdi. Uning aytişiça, markaz direktori raisligidagi komissiya markazning özi hisoblagan qiymat yuzasidan eʼtirozni körişi xolislik borasida savol tuğdiradi.
“Özi baholagan mulk qiymatini yana tekşiriş uçun yana şu komissiya özi köradigan bölsa, sal yondaşuvning özi notöğri böladi”, - dedi u.
Baholovçi mulkdor mustaqil baholaş hisobotini taqdim etgan taqdirda uning natijasi qanday hisobga olinişi masalasini ham aniqlaştirişni söradi. Bu savollar debat davomida batafsil muhokama qilinmay qoldi. Markaz vakillari baholovçilarni qonun loyihasi va uslubiyotga oid takliflarni birgalikda körib çiqişga taklif etdi.
Ommaviy bahoning qöllaniş çegaralari, koeffitsientlar hisob-kitobi va şikoyatlarni körib çiqiş mexanizmi kabi masalalar keyingi muhokamalar uçun oçiq qoldi.
Toşkentda uylar narxi nega qayta baholandi? Sabablar, oqibatlar va soliqqa taʼsiri haqida batafsil
“Uyning past baholanişi doim ham foydali emas” - ommaviy baholaş yuzasidan ekspertlar bilan suhbat











