Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev hayotdan nolişni yaxşi köradigan fuqarolarga qabristonga borişni maslahat berdi. Bu haqda u 28 noyabr kuni Ostonadagi VIII Fuqarolik forumida sözlagan nutqida aytdi.
Respublika rahbarining sözlariga köra, u hayotiy qiyinçiliklar yoki jismoniy kamçiliklarga qaramay, taslim bölmaydigan, rivojlanişda davom etadigan odamlardan ilhomlanadi.
«Biz tez-tez hayotdan şikoyat qilamiz: u yetmayapti, bu yetmayapti. Agar hayot haqiqatdan ham oğirlaşsa, kasalxonalarga borib köring. Qabristonga borib köring. U yerda yotganlarga sendan köra yomonroq. Biz esa qöl-oyoqlarimiz bölib turibdi, soçimizni yulamiz: «Qançalik hammasi oğirlaşib ketdi». Bu notöğri. Hayotda hamma narsa bölişi mumkin. Özingizni qölga olib, işlang. Yoşlar bunga örganişi kerak», - deya ta'kidlab ötdi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nazarboyev 15 yoşgaça töyib ovqatlanmagani haqida ma'lum qilgandi.












