Forbes jurnali Youtube’da eng köp pul topuvçi blogerlar reytingini tuzdi.
Reytingga Rayan ismli 7 yoşli bola yetakçilik qilmoqda. U ota-onasi bilan Ryan Toys Review kanalini yuritadi. Ular bu kanalda turli öyinçoqlarga videoşarhlarni joylaştirişadi. Yoş blogerning kanaliga 17 mlndan köproq odam obuna bölgan. Blogerning videolari ular tufayli 26 mlrd namoyiş töplagan. Kanal oilaga bir yil içida 22 mln dollar keltirgan.
2-örinni Jyeyk Pol ismli bloger egalladi. 17 mlndan köproq kişi uning turli musiqiy va komedik videolarini muntazam kuzatib boradi. Uning yillik daromadi 21 mln dollardan oşadi.
3-öringa Dude Perfect jamoasi qöyilgan. 5 döst qöl ostidagi turli buyumlardan foydalangan holda turli tryuklar bajargan videolari evaziga bir yilda 20 mln dollar işlab topişgan. Ularning kanaliga 37 mln kişi obuna bölgan.
2017 yilda röyxatga yetakçilik qilgan Deniyel Middlton joriy yilda 4-öringa tuşib ketgan. Britaniyalik geymer DanTDM kanalini yuritadi va u Minecraft öyiniga ixtisoslaşgan, biroq geymer unda boşqa videoöyinlar şarhini ham joylaştiradi. Uning kanaliga 21 mln kişi obuna bölgan, yillik daromadi esa 18 mln dollarga yetadi.
5-örinni amerikalik stilist, model va musiqaçi Jyeffri Star egallagan. Uning kanaliga 11 mln kişi obuna bölgan, yillik daromadi esa 18 mln dollarni taşkil qilgan.
Şuningdek, yetakçi öntalikka Markiplier, Vanoss Gaming, Jacksepticeye, PewDiePie va Logan Paul kanallari ham kiritilgan.
Forbes reytingni tuzişda blogerlarning 2017 yil 1 iyunidan 2018 yil 1 iyunigaça olgan daromadlarini hisobga olgan. Summalar soliq çegirilmagan holda körsatilgan.

















