Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatning istiqbolli yutuqlarini joriy qilişning samarali mexanizmlarini tatbiq etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar:
Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlaştiriş Prezident jamğarmasi töğrisidagi nizom;
Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari işlab çiqilişi hamda tijoratlaştirilişida iştirok etayotgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalaridagi mualliflar va ilmiy jamoalarga qöşimça bir martalik mukofot tölaş tartibi töğrisidagi nizom;
Patentga layoqatli istiqbolli texnik yeçimlar va işlab çiqariş sirlari (nou-xaular)ni öz içiga olgan tijorat siri rejimida himoya qilinadigan intellektual mulk obektiga bölgan huquqlarni röyxatga oliş va boşqalarga ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlaştiriş Prezident jamğarmasi töğrisidagi nizomga köra, jamğarma Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzurida yuridik şaxs şakllantirilmagan holda tuziladi.
Quyidagilar Jamğarma mablağlarini şakllantirişning asosiy manbalari hisoblanadi:
Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablağlari;
grantlar va xalqaro moliyaviy institutlar hamda boşqa xorijiy donorlar kreditlari;
Jamğarmaning vaqtinça böş mablağlarini tijorat banklari depozitlariga joylaştirişdan olingan daromadlar;
qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar.
Quyidagilar Jamğarma mablağlaridan foydalanişning asosiy yönalişlari hisoblanadi:
ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat natijalarini tatbiq etiş, şuningdek, keyinçalik seriyali işlab çiqariş uçun innovatsion mahsulotning tajriba-sanoat partiyalarini işlab çiqariş bilan boğliq çora-tadbirlarni moliyalaştirişda iştirok etiş;
yuqori texnologik tadbirkorlik startap-loyihalarni birgalikda moliyalaştiriş orqali amaliy natijalar olişga qaratilgan ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni rağbatlantiriş;
ta'sisçilaridan biri ustav fondga öz uluşi sifatida intellektual mulk obektini yoki tayyor texnologiyani kiritiş orqali yangi tuzilayotgan tijorat taşkilotining ustav kapitaliga investitsiya qiliş maqsadida loyihalarni moliyalaştiriş yoki birgalikda moliyalaştiriş.
Quyidagilar baholaşning va loyihalarni tanlab olişning asosiy mezonlari hisoblanadi:
taklif qilinayotgan mahalliy hamda çet el loyihasining dolzarbligi - zamonaviy muammolar va masalalarga yeçim topa olişi uçun loyihada aks etgan ğoyaning qiymati baholanadi;
loyihaning innovatsion yönaltirilganligi - taklif etilişiga köra loyihada yangi, sayqallaştirilgan, oldin respublikada qöllanilmagan texnologiyalar va (yoki) taşkiliy prinsiplardan foydalanilgan bölişi kerak, şuningdek, yangi, oldin respublikada işlab çiqarilmagan mahsulotni işlab çiqariş (yoki yaratiş), şuningdek, yangi xizmat körsatiş közda tutilgan bölişi şart;
loyihaning erişa oladigan natijadorlik körsatkiçi - loyiha natijalariga erişişga qaratilgan masalalarni yeçiş uçun taklif etilayotgan uslub va yöllarning mavjud, asosli hamda yetarli ekanligi baholanadi;
bozorda mahsulotga talabning mavjudligini baholaş - mahsulotning bozor talabi hamda tijorat istiqbollari baholanadi;
loyihaning tijoratlaştiriş istiqbollari - kelajak mahsuloti tatbiq etiliş va bozorga çiqiş, muayyan iste'molçi tomonidan qabul qiliniş istiqboliga ega bölişi şart;
loyihaning salohiyatli raqobat ustunligini baholaş - iste'molçi uçun mahsulot/texnologiyaning uning amaldagi analogiga nisbatan ustunligi mavjudligi kabi muhim xususiyatlari baholanadi;
loyihaning investitsion jozibadorligi - qöşimça foyda keltiruvçi hamda qöyilgan sarmoyaning özini qoplay olmaslik tavakkalçiligini kamaytiruvçi maqbul investitsion va innovatsion şartlar va qulayliklar jamlanmasi;
loyihaning iqtisodiy samaradorligi - uning bevosita iştirokçilari uçun loyihaning amalga oşirilişidan kelgan moliyaviy natijalarni ham öz içiga olgan holda iqtisodiy samaradorligi, şuningdek, loyiha amalga oşirilişi natijasida hosil bölgan moliyaviy oqibatlarni aks ettiruvçi byudjyet samaradorligi.
Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlaştiriş quyidagi tarzda amalga oşiriladi:
ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat işlanmalarining natijalarini qöllaş orqali yaratilgan (bajarilgan, körsatilgan) mahsulotlar (işlar, xizmatlar) ni realizatsiya qiliş yoki uşbu natijalardan şartnoma asosida öz ehtiyojlari uçun foydalaniş;
tijorat taşkiloti tuziş natijasida ustav fondiga ta'sisçilardan biri öz uluşi sifatida intellektual mulk obektini yoki tayyor texnologiyani kirituvçi muallif (mualliflar) hisoblangan jismoniy va yuridik şaxslar bölişi mumkin;
yaratilgan intellektual mulk obektlarini uçinçi şaxsga egalik huquqini ötkazişda hamda lisenzion şartnomalar tuziş orqali uşbu obektlardan foydalanişni taqdim qiliş, şu bilan birga, uşbu huquqlar egalari tomonidan ularni keyinçalik tijoratlaştiriş şarti bilan;
qonunçilikda nazarda tutilgan boşqa usullar bilan.
Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari işlab çiqilişi hamda tijoratlaştirilişida iştirok etayotgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalaridagi mualliflar va ilmiy jamoalarga qöşimça bir martalik mukofot tölaş tartibi töğrisidagi nizomga köra, bir martalik mukofot tayinlaş uçun har bir hisobot yili tugagandan keyin uç oy içida muassasa rahbari buyruği bilan uşbu muassasaning javobgar şaxslaridan iborat, tarkibi beş kişidan kam bölmagan komissiya tuziladi. Uning tarkibiga komissiya raisi, a'zolari va kotibi kiradi.
Muassasa rahbari buyruği qabul qilingan kundan boşlab ön iş kuni mobaynida komissiya bir martalik mukofotni mualliflar (hamualliflar) hamda mukofot tölanadigan şaxslar tarkibi örtasida taqsimlaş böyiça qaror qabul qiladi.
Komissiya qarorlari rais tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma şaklida rasmiylaştiriladi.
Komissiya qarori komissiya a'zolarining umumiy sonidan oddiy köpçilik ovoz bilan qabul qilinadi. Agar ovozlar soni teng bölsa, raisning ovozi hal qiluvçi hisoblanadi.
Bir martalik mukofotni tölaş quyidagi miqdorlarda amalga oşiriladi:
intellektual mulk obektlari mualliflariga - muassasa tomonidan tegişli patent olingan kundan boşlab bir oy muddat içida muassasaning byudjyetdan taşqari hisobidan eng kam oylik iş haqining ön baravari miqdorida;
ITFNning işlab çiqilişi hamda tijoratlaştirilişida iştirok etayotgan ilmiy tadqiqot va oliy ta'lim muassasalaridagi mualliflar va ilmiy jamoaga - ularni tijoratlaştirişdan muassasa hisob raqamiga tuşayotgan mablağlarning soliqlar, yiğimlar (bojlar) va boşqa tölovlar tölangandan keyin muassasa tasarrufida qolgan qoldiq summaning tegişli ravişda 40 va 30 foizi miqdorida.
ITFNning işlab çiqilişi hamda tijoratlaştirilişida iştirok etayotgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalaridagi mualliflar va ilmiy jamoaga bir martalik mukofot tölovi ITFN işlatilgan har bir hisobot yili yakuni böyiça ularni tijoratlaştirişdan muassasa hisob raqamiga mablağlar tuşganidan keyin uç oy mobaynida tölanadi.
Agar ITFN bir qança mualliflarning birgalikdagi ijodiy işi mahsuli bölsa, bir martalik mukofot teng qismlarda mualliflarga tölanadi, agar ular örtasida şartnoma orqali boşqaça taqsimlaş közda tutilmagan bölsa.
Bir martalik mukofot muassasa işçilariga ham, şartnoma asosida işlayotgan xodimlariga ham tölanadi.
Bir martalik mukofotni mualliflar (hammualliflar) hamda mukofotlanadigan şaxslar tarkibi örtasida taqsimlaş komissiya qaroriga asosan, muassasa rahbari buyruği asosida belgilanadi.












