Ostonada Qozoğiston boş prokurori Qayrat Kojamjarov özbekistonlik hamkasbi Otabek Murodov bilan uçraşdi.
Qozoğiston Respublikasi Boş prokuraturasi matbuot xizmatining xabar berişiça, tomonlar tuzilgan xalqaro şartnomalar doirasida ikki tomonlama munosabatlar holatini ijobiy baholadilar, jinoiy-huquqiy sohada hamkorlik, şu jumladan, ekstraditsiya, mahkumlarni topşiriş, jinoiy daromadlarni qaytariş masalalarini muhokama etdilar.
Terrorizm va diniy ekstremizmga qarşi kuraşiş muammolariga alohida e'tibor qaratildi.
«Özbekiston xalqaro hamkorlik masalasida bizning asosiy hamkorimiz bölib, har yili önlab jinoyatçilar ekstraditsiya qilinmoqda, jinoiy işlar böyiça zarur huquqiy yordam körsatilmoqda», - dedi Q.Kojamjarov.
Uning sözlariga köra, sönggi ikki yil mobaynida Özbekistondan 5 kişi, Qozoğistondan 127 kişi ekstraditsiya qilingan. Keyinçalik jinoiy ta'qib qiliş uçun Özbekiston tomoniga 10ta jinoyat işi topşirildi.
Öz navbatida, O.Murodov idoralararo hamkorlik holatiga ijobiy baho berdi va uni yanada rivojlantirişga tayyorligini bildirdi.












