Dunyoning The Times va The Guardian naşrlari kabi yetakçi ommaviy axborot vositalari “Formula-1”ning Bokuda ötgan bosqiçini “2018 yilning eng yaxşi musobaqasi” deb e'tirof etişdi.
Ozarboyjon gran-prisi tomoşabinlar soni böyiça köplab musobaqalarni ortda qoldirgan. “Formula-1”ning bu bosqiçini dunyoda 83 mln kişi tomoşa qilgan.
Poygani taşkillaştiruvçi kompaniya Formula One Management statistik ma'lumotlariga köra, tomoşabinlarning 76 foizi Bokudagi poygalardan zavq olişgan. Bu esa mavsumdagi örtaça körsatkiçdan (70 foiz) yuqori bölgan. Boku trassasi esa eng yaxşi trassalar reytingida 5-örinni egallagan.
Taniqli naşrlar öz maqolalarida poyga vaqtida Red Bull jamoasining ikki poygaçisi töqnaşib ketgani, hal qiluvçi davrada bolidlar ğildiraklari almaştirilgani, buning oqibatida esa Valtteri Bottas ğalabani qöldan çiqargani va boşqa hayajonli onlarni qayd qilib ötişgan.












