AQŞ dengiz piyoda kuçlari generali Jozef Danford Google kompaniyasini Qöşma Ştatlar mudofaa mahkamasi bilan işlaşni boşlaşga çaqirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Uning sözlariga köra, Alphabet (Google kompaniyasining boş şirkati) kabi texnologik gigantlar Pentagon bilan işlaşni istamayotganiga «izoh topiş muşkul». Generalning ta'kidlaşiça, bu ular hattoki biznesga Qöşma Ştatlardan ham kam erkinlik taqdim etiluvçi Xitoy bilan işbilarmonlik aloqalarini izlayotgan paytda yuz bermoqda, deyiladi materialda.
«Biz yaxşi odamlarmiz hamda men uçun Xitoyda işbilarmonlik manfaatlarini ilgari suriş maqsadida ma'lum bir yon bosişga borayotganimiz tuşunarsiz. Yaxşi bilamizki, u yerda erkinlik çeklangan, Xitoy bizning intellektual mulkni kompaniyalardan olib qöyadi», - dedi u.
Google ijroçi direktori Sundar Piçayning avvalroq ma'lum qilişiça, kompaniya Xitoyga köp yillar davomida sarmoya kiritgan va buni davom ettirişni rejalaştirmoqda. Biroq, şu bilan birga, uning eslatişiça, kompaniya AQŞ hukumati bilan soğliqni saqlaş, kiberxavfsizlik hamda boşqa sohalardagi loyihalar ustida iş olib bormoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Bill Geyts yarim milliard dollar evaziga AQŞ harbiylarini kengaytirilgan reallikda şuğullantirişi xabar berilgandi.












