Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bill Geyts yarim milliard dollar evaziga AQSh harbiylarini kengaytirilgan reallikda shug‘ullantiradi
Bill Geytsning Microsoft korporatsiyasi 479,2 mln dollar qiymatdagi shartnomani yutib oldi. Unga ko‘ra, u AQSh qurolli kuchlariga harbiylarni shug‘ullantirish uchun kengaytirilgan reallik tizimlarining prototiplarini yetkazib berishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Pentagondan aytishlaricha, korporatsiya Amerika armiyasiga 100 ming golografik garnitura yetkazib beradi, ular dushman hududidagi murakkab maxsus amaliyotlar vaqtida bajariladigan harakatlarni batafsil sinovdan o‘tkazib olish imkonini beradi.
Bundan tashqari, kengaytirilgan reallik tizimlari pilotsiz jangovar mashinalar operatorlari hamda maxsus topshiriqlik qo‘shinlarni tayyorlashda qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon yanada samarali lazer quroliga ega bo‘lmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:32
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026