Lyan Xua Xitoyning Huawei kompaniyasiga moliya direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi. Avvalroq uşbu lavozim egasi bölgan Men Vançjou AQŞ sörovi bilan Kanadada qölga olingandi. Bu haqda Financial Times gazetasi xabar berdi.  

Gazetaning ma'lumot berişiça, Lyan Xua Huawei kompaniyasida 1995 yilda iş boşlagan bölib, turli lavozimlarda, jumladan moliya direktori lavozimida faoliyat körsatgan.

EPA-EFE/MAXIM SHIPENKOV

Huawei kompaniyasi asosçisining qizi, kompaniya moliyaviy direktori Men Vançjou Kanada politsiyasi tomonidan 1 dekabrda Vankuverda hibsga olingandi. OAVda ta'kidlanişiça, ayol AQŞ murojaati bilan Eronga qarşi sanksiyalar buzilişi bilan boğliq holat böyiça uşlangan. Ayni vaqtda AQŞ Men Vançjouning ekstraditsiya qilinişiga urinmoqda.   

Xitoy taşqi işlar vazirligi vakilining ta'kidlaşiça, yuz bergan voqea AQŞ bilan texnologiyalar masalasida keskinlikni yanada oşiradi va ikki tomonlama savdo muzokaralarini murakkablaştiradi.