Xitoy Kanadadan Huawei Technologies kompaniyasi moliyaviy direktori Men Vançjouning ozod qilinişi va uning uşlanişi sababini tuşuntirişni keskin şaklda talab qildi. Bu haqda Xitoy taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Geng Şuang ma'lum qildi.

Huawei kompaniyasi asosçisining qizi, kompaniya moliyaviy direktori Men Vançjou Kanada politsiyasi tomonidan 1 dekabrda Vankuverda hibsga olingandi. OAVda ta'kidlanişiça, ayol Eronga qarşi sanksiyalar buzilişi bilan boğliq holda AQŞ murojaati bilan uşlangan. Ayni vaqtda AQŞ Men Vançjouning ekstraditsiya qilinişiga urinmoqda.   

Xitoy taşqi işlar vazirligi vakilining ta'kidlaşiça, yuz bergan voqea AQŞ bilan texnologiyalar masalasida keskinlikni yanada oşiradi va ikki tomonlama savdo muzokaralarini murakkablaştiradi.