Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş tizimini tubdan takomillaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida”gi PF–5590-sonli farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra soğliqni saqlaş tizimini tubdan takomillaştirişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça işçi komissiya taşkil etilmoqda.

Işçi komissiyaning asosiy vazifalari etib Kontseptsiyani amalga oşirişga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda sifatli işlab çiqiş va kiritiş hamda amaliy çoralar körilişini taşkil qiliş belgilanmoqda.

Işçi komissiya:

  • bir hafta muddatda vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalarining mutaxassislarini, fuqarolik jamiyati institutlari, yetakçi xorijiy konsalting kompaniyalari va xalqaro taşkilotlarning vakillarini jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlaş böyiça ekspert guruhlarini tuzsin, ularning samarali faoliyatini taşkil etadi;
  • Dasturda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining qonunçilikni, huquqni qöllaş amaliyoti va ilğor xorijiy tajribani tanqidiy tahlil qiliş asosida tayyorlanişini ta'minlaydi;
  • normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari izçil va sifatli tayyorlanişi, öz vaqtida belgilangan tartibda körib çiqilişi va kiritilişi, şuningdek, Dasturda nazarda tutilgan boşqa tadbirlarning amalga oşirilişi ustidan doimiy nazoratni amalga oşiradi;
  • 2019 yil 1 aprelga qadar muddatda ayrim davolaş-profilaktika muassasalarini belgilangan tartibda investorlarga işonçli boşqaruvga beriş böyiça investitsiya loyihalarini tayyorlasin hamda ularning Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasining Investitsiya portalida joylaştirilişini ta'minlaydi;
  • soğliqni saqlaş sohasidagi eng namunali davlat-xususiy şeriklik amaliyotlarining monitoringini va keng tatbiq etilişini ta'minlaydi.