Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş tizimini tubdan takomillaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida”gi PF–5590-sonli farmoni qabul qilindi.
Prezident farmoniga köra, Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi huzurida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi taşkil etilmoqda hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanmoqda:
- keksalar, nogironligi bölgan şaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boşqa toifalariga körsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni yanada takomillaştiriş va muvofiqlaştirişga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning yagona siyosatini şakllantiriş va amalga oşiriş;
- nogironlikni belgilaşning keng qamrovli yagona tizimini yaratiş maqsadida normativ-huquqiy bazani yanada takomillaştirişga qaratilgan takliflarni işlab çiqiş;
- tibbiy-ijtimoiy muassasalarning keksalar, nogironligi bölgan şaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boşqa toifalariga tibbiy xizmat körsatiş böyiça faoliyatini taşkil etiş va muvofiqlaştiriş;
- muhtoj şaxslarni protez-ortopedik buyumlar va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta'minlaş faoliyatini taşkil etiş va muvofiqlaştiriş;
- tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati, nogironligi bölgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş faoliyatiga taşkiliy-uslubiy rahbarlik qiliş va ularni muvofiqlaştiriş.
Agentlik mustaqil yuridik şaxs bölib, öz balansi, bank muassasalarida hisob varaqlari, Özbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan muhriga ega böladi.
Unga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Agentlik direktori öz maqomi, maişiy, tibbiy va transport xizmati şart-şaroitlariga köra Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri örinbosariga tenglaştiriladi.
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari, Nogironligi bölgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va protezlaş milliy markazi, nogironligi bölgan şaxslar uçun hududiy reabilitatsiya markazlari, uruş va mehnat faxriylari uçun sanatoriy va pansionatlar, imkoniyati çeklangan şaxslar uçun respublika ixtisoslaştirilgan kasb-hunar kollejlari, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy bölinmalari, Odam savdosi qurbonlariga yordam körsatiş böyiça respublika reabilitatsiya markazi belgilangan tartibda Vazirlik tarkibidan Agentlik tasarrufiga ötkaziladi.












