Superligada noyabr oyining eng yaxşi futbolçisi, murabbiyi va darvozaboni ma'lum böldi.
PFL saytida ötkazilgan sörovnoma yakunlariga köra, «Lokomotiv» jamoasi posboni Ignatiy Nesterov eng köp oçko töplab, ötgan oyning eng yaxşi darvozaboni böldi.
Toşkentning «Lokomotiv» jamoasi ustozi Andrey Fyodorov ötgan oyning eng yaxşi murabbiyi deb topildi. Uning qöli ostida klub 5ta öyin ötkazib, 4ta ğalaba va 1ta durang qayd etdi.
Noyabr oyining eng yaxşi futbolçisini aniqlaş maqsadida taşkil etilgan sörovnomada «Paxtakor» a'zosi braziliyalik Tiago Bezerra eng köp oçko jamğarişga muvaffaq böldi. U ötgan oyda 5ta öyinda maydonga tuşib, 6 marta raqiblari darvozasini işğol etişga erişdi. Bezerra sörovnomada Marat Bikmayevni kiçik farq bilan ortda qoldirdi.








