Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori imzolandi.
Qarorda soğliqni saqlaşda davlat siyosatining ustuvor yönalişlarini muvofiqlaştirilgan holda amalga oşirişni ta'minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri quyidagilarga şaxsan mas'ul ekanligi belgilanmoqda:
• fuqarolarning soğliğini saqlaş sohasida rivojlaniş davlat dasturlarini amalga oşiriş, kasalliklarni profilaktika, diagnostika qiliş va davolaş böyiça zamonaviy yondaşuvlarni, standartlarni va normativlarni, şuningdek, boşqa tadbirlarni işlab çiqiş va tatbiq etiş, soğlom turmuş tarzini şakllantiriş va aholining tibbiy madaniyatini oşiriş;
• tibbiy taşkilotlar menejmenti könikmasiga va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bölgan, har tomonlama rivojlangan mutaxassislarni jalb qilişga qaratilgan boşqaruv kadrlarini tayyorlaş, tanlab oliş va joy-joyiga qöyişning mutlaqo yangi tizimini yaratiş;
• Vazirlik va hududiy soğliqni saqlaş boşqaruv organlarining işini samarali taşkil etiş, tibbiyot taşkilotlarini muvofiqlaştiriş va nazorat qilişning ta'sirçan tizimini yaratiş, ularning faoliyati oçiqligini va aholi bilan töğridan-töğri manzilli muloqot örnatişini ta'minlaş, fuqarolarning tibbiy xizmat körsatiş sifatidan qanoatlanganligini monitoring qiliş va baholaş tizimini tatbiq etiş;
• tibbiy ta'lim va tibbiyot fanini rivojlantiriş, innovatsiya va «elektron soğliqni saqlaş» tizimini tatbiq etiş, majburiy tibbiy suğurta dasturlarini işlab çiqiş va joriy etiş, tibbiy turizm va davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş;
• aholi va tibbiyot taşkilotlari ehtiyojlarini töliq qoplaş maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlar röyxatini şakllantiriş va öz vaqtida yangilaş;
Hududiy soğliqni saqlaş boşqaruv organlari rahbarlari quyidagilarga şaxsan mas'uldir:
• tibbiy va tibbiy-ijtimoiy taşkilotlarning hududiy tarmoqlari faoliyatini samarali taşkil etiş, birlamçi tibbiy-sanitariya, ixtisoslaştirilgan va şoşilinç tibbiy yordamning sifati va ommabopligi, idoraviy böysunuvidagi hududda aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi ta'minlanişini nazorat qiliş;
• soğliqni saqlaş sohasida rivojlaniş hududiy dasturlarini öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş, tibbiyot taşkilotlarini va aholini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta'minlaş, tibbiy va maxsus texnikaning samarali işlaşi va öz vaqtida yangilanişi;
• tibbiy yordamni bosqiçma-bosqiç va izçillik prinsipi asosida ularning oqimlarini oqilona va asosli marşrutlaş yöli bilan bemorlarni turli darajadagi (turdagi) tibbiyot taşkilotlariga yönaltirişning xolis tizimini taşkil etiş;
• soğliqni saqlaş sohasida fuqarolar huquqiga rioya qiliş nazoratini ta'minlaş, tibbiyot va farmatsevtika taşkilotlariga sifat menejmenti tizimini tatbiq etiş;
• soğliqni saqlaş muassasalarini malakali kadrlar bilan ta'minlaş, ularning malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş böyiça zarur tadbirlarni amalga oşiriş;
Tuman/şahar tibbiyot birlaşmalari rahbarlari quyidagilarga şaxsan mas'uldir:
• oila salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, kasalliklar profilaktikasi, dispanserizatsiya, patronaj va uyma-uy yuriş böyiça tadbirlarni samarali amalga oşiriş, soğlom turmuş tarzini şakllantiriş va fuqarolarning öz soğliğiga mas'ulligini oşiriş;
• tibbiy xizmat izçilligini va birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining tuman (şahar) ixtisoslaştirilgan tibbiyot taşkilotlari bilan yaqindan özaro aloqasini ta'minlaş;
• davlat tomonidan kafolatlangan hajmlarda aholiga sifatli tibbiy yordam körsatiş, pullik tibbiy xizmatni amalga oşiriş, soğliqni saqlaş xarajatlarini moliyalaştiriş uçun öz manbalarini şakllantiriş;
• soğliqni saqlaş va fuqarolarni ijtimoiy himoya qiliş sohasida tadbirlarning manzilliligi va natijadorligini oşiriş maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va jamoat taşkilotlari bilan faol hamkorlik qiliş;
• tasarrufidagi taşkilotlardagi bino va inşootlar, uskunalar, tibbiy texnika va boşqa moddiy qiymatliklarni saqlaş va ulardan samarali foydalaniş.












