Eron harbiy-dengiz kuçlari yanvarda Hind okeanida katta kölamli maşğulotlar ötkazadi. Bu haqda ERON HDK qömondoni örinbosari kontr-admiral Ali Kavianiy ma'lum qildi. 

“Bu qişda Hind okeanining neytral suvlarida ötadigan maşğulotlarda flot tarkibiga yaqinda kirgan, “Gadir” sinfidagi suv osti kemalari ham iştirok etadi”, deb ma'lum qilgan Kavianiy.  

Uning ta'kidlaşiça, Eronda işlab çiqilgan uşbu suv osti kemalari raketa quroli, torpedo va minalar taşiy oladi hamda desantni sohilga taşlay oladi. Suv osti kemalari hozirda Fors körfazining janubiy suvlarida harbiy navbatçilik olib bormoqda.

Bundan taşqari, maşğulotlarda dekabr boşida suvga tuşirilgan eng yangi “Saxand” esminetsi iştirok etadi. 1300 tonna siğimdorlik va 100 metr uzunlikka ega bölgan kema 5 oy davomida avtonom suzişda böla oladi.

Kavianiyning aytişiça, maşğulotlardan maqsad Eron harbiy qudratini namoyiş qiliş va qurolli kuçlari mudofaa qobiliyatini oşirişdan iborat böladi. 

Avvalroq AQŞ OAV Pentagondagi manbalarga iqtibos keltirgan holda AQŞning John C. Stennis aviataşuvçi kemasi boşqa ikkita kema hamrohligida yaqin orada Fors körfaziga kirişini ma'lum qilgan. AQŞ kemalarining körfazga kirişi oxirgi 8 oydagi ilk şunday operatsiya böladi. Kemalarning asosiy vazifasi oxirgi vaqtda AQŞ-Eron munosabatlaridagi taranglikning kuçayişi ortida AQŞ harbiy qudratini Eronga namoyiş qilişdan iborat böladi.