Sarioğoçlik çegaraçilar Özbekistondan Qozoğiston hududiga noqonuniy yöl bilan ötişga uringan çegarabuzarni qölga olişdi.

Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi Çegara xizmati ma'lumotlariga köra, «Qoplonbek» çegara posti operatori tungi kuzatuv uskunalari bilan jihozlangan videokameralardan foydalangan holda, çegarabuzar çegara tösiği tomon yugurib ketgani, söng undan oşib ötişga harakat qilganini payqab qolgan.

Harbiy xizmatçi bu haqda uçastkada bölgan çegaraoldi naryadiga xabar berdi, söng, «çaqirilmagan mehmonni» kuzatib, naryadga uni qölga oliş uçun körsatmalar berib turgan.

Qayd etilişiça, çegarabuzar Özbekiston fuqarosi bölib çiqdi. Uning yonida heç qanday hujjatlar bölmagan. Huquqni muhofaza qiliş organlari xabardor qilindi, hozirda qölga olinganning şaxsini aniqlaş böyiça işlar olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğistonda Özbekiston fuqarosi uşlangani, uning içida marixuana bölgani xabar berilgandi.