Ispaniya çempionatining 15-turi doirasida «Real» «Ueska» ustidan ğalabaga erişdi. Ueskadagi «El-Akoras» stadionida keçgan uçraşuv 0:1 hisobida yakunlandi.

Öyindagi yagona gol 8-daqiqadayoq Garet Beyl tomonidan urilgandi, unga Alvaro Odriosola golli uzatma berdi. «Ueska» kuçli raqibga munosib qarşilik körsatdi va darvozaga berilgan zarbalar soni böyiça raqibdan özib ketdi. Ammo mehmonlar ğalabani saqlab qolişga muvaffaq bölişdi.

Bu ğalaba evaziga «Real» Ispaniya çempionati turnir jadvalida 26 oçko töplagan holda törtinçi öringa kötarildi. «Ueska» 7 oçko bilan 20-örinda.

Keyingi turda, 15 dekabr kuni «Real» «Rayo Valekano»ni qabul qiladi. «Ueska» ham öz maydonida «Vilyarreal» bilan öynaydi (16 dekabr).

Ispaniya çempionati
15-tur
Ueska – Real Madrid 0:1
Gol: 0:1 – 8 Beyl.
Ueska – Yovanoviç, Pulido, Insua, Miramon, Eçeyta, Agilera Nunes (Melero, 19), Rivera, Gomes, Ferreyro (Gyurler, 76), Avila (Longo, 84), Ernandes.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Karvaxal, Odriosola, Varan, Modriç (Isko, 66), Lorente, Vaskes, Sebalos (Valverde, 58), Beyl (Asensio, 76), Benzema.
Ogohlantirişlar: Karvaxal (26), Sebalos (39), Eçeyta (42), Insua (80).