Bank maʼlumotiga koʻra, InfinBANK asosiy aksiyadori Farhod Mamatdjanov hamda Oppenheimer & Co. bosh ijrochi direktori Maks Lami oʻrtasida bitimlarni almashish marosimi boʻlib oʻtgan.
Marosimda AQSH Savdo vazirining global bozorlar boʻyicha yordamchisi, AQSH va xorijiy mamlakatlar tijorat xizmati bosh direktori Devid Fogel hamda Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ishtirok etgan.
Bankning bildirishicha, jalb qilinishi rejalashtirilayotgan mablagʻlar Oʻzbekiston iqtisodiyotining real sektoridagi loyihalarni uzoq muddatli moliyalashtirish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.















