“Kiçik va örta biznes uçun eng yaxşi bank” nominatsiyasida ğalaba qozoniş - bu şunçaki mukofot röyxatidagi bir qator emas, balki InfinBANK’ning Özbekiston tadbirkorlarini qöllab-quvvatlaş borasidagi tizimli faoliyatining tasdiğidir. Kiçik va örta biznes mamlakat iqtisodiyotining muhim tayançi hisoblanadi va xalqaro ekspertlar mintaqadagi köplab moliya institutlari orasida aynan InfinBANK’ni ajratib körsatgani bankning mahsulot sifati, xizmat körsatiş tezligi va mijozlarga yönaltirilgan yondaşuvidan dalolat beradi.
Global Banking & Finance Awards har yili dunyoning önlab mamlakatlaridan arizalar qabul qiladi va kompaniyalarni nominatsiyaga ilgari suradi. Uşbu mukofotda ğolib böliş esa anʼanaviy ravişda bozor iştirokçilari tomonidan yuqori işonç va kasbiy eʼtirof belgisi sifatida qabul qilinadi. InfinBANK uçun bu mukofot tanlangan strategiyaning yana bir tasdiğidir: asosiy eʼtibor öz biznesini qurayotgan va rivojlantirayotganlar uçun moliyaviy vositalarni yanada ommabop va qulay qilişga qaratilgan.

“Bu mukofot nafaqat bankka, balki bizni özining moliyaviy hamkori sifatida tanlagan har bir tadbirkorga tegişli, - deya taʼkidladi InfinBANK boşqaruvi raisi örinbosari Alesya Frolova. - Biz qöllab-quvvatlaş yanada tezkor, oson va samarali bölişi uçun kiçik va örta biznesga möljallangan mahsulotlarni rivojlantirişga sarmoya kiritişda davom etamiz”.
Global Banking & Finance Awards - har yili Global Banking & Finance Review naşri tomonidan topşiriladigan xalqaro mukofot. Mukofot butun dunyo böylab banklar, moliya kompaniyalari va texnologik yeçimlarning ulkan yutuqlarini eʼtirof etadi.
Instagram | Facebook | Telegram
Reklama huquqi asosida

















