Şu kuni vodiyda qadim ajdodlarimizdan meros uloq-köpkariga qiziqiş katta ekaniga guvoh böldik. Milliy qadriyatlarimiz bölgan öyinga kelgan tomoşabinlar sonini aniq aytib berişning iloji yöq edi. 60 ming ham taxminiy son. 

Uluğnor tumani Andijon viloyatining çöl tumani. Kengliklar, katta maydonlarga boy. Tumanning Oq oltin qişloğida viloyat qişloq xöjaligi xodimlari öz kasb bayramlarini nişonlaşdi. «Hosil bayrami» uçun 18 gektar maydon hozirlandi.

Barça tumanlardan köplab mehmonlar taşrif buyurdi. Har bir tuman özida yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlari yarmarkasini taşkil qildi.

Bayramning asosiy tomoşasi esa – uloq-köpkari böldi. Uluğnorga yurtimizning turli çekkalaridan, qöşni Qirğiziston, Tojikiston, Qozoğiston va Turkmanistondan ham çavandozlar kelişdi.

Viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov barçani qizğin qutlab, bayram bilan samimiy tabrikladi. Davraga birinçi bölib, ot solib musobaqani boşlab berdi.

600 nafarga yaqin polvonlar iştirok etgan köpkari ğoliblariga turli sovrinlar qöyilgandi. Xususan, boş sovringa – «Kobalt» avtomobili, ikkinçi mukofot sifatida esa – «Spark» avtomobili qöyildi.

Andijon tumanidan bölgan Sulaymon polvon Mamasoliyev barçadan çaqqon çiqdi. Unga viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov tomonidan qöyilgan boş sovrin - «Kobalt» avtomaşinasi topşirildi. «Spark»ni esa Qirğizistonning Jalolobod viloyati, Suzoq tumanidan kelgan Abduxalil polvon Sariqov öziniki qildi.

Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri