Prezident qarori bilan Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Markaz inson huquqlari sohasidagi Özbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajariş böyiça davlat organlari va boşqa taşkilotlarning özaro hamkorligini, milliy ma'ruzalar tayyorlanişini, inson huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirişni ta'minlovçi davlat organi hisoblanadi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oşirilişiga, uşbu sohadagi Özbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining bajarilişi böyiça davlat organlari faoliyatiga kömaklaşiş;
inson huquqlari va erkinliklariga rioya qiliş holatini örganiş, tahlil qiliş va umumlaştiriş, inson huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilişini monitoring qiliş;
Özbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etiş va ularni himoya qiliş böyiça milliy ma'ruzalar tayyorlaş, inson huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oşiriş böyiça milliy harakat rejalarini (“yöl xaritalari”ni) işlab çiqiş;
normativ-huquqiy hujjatlarni takomillaştiriş, inson huquqlari sohasidagi Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalarini milliy qonunçilikka va huquqni qöllaş amaliyotiga implementatsiya qilişni ta'minlaş böyiça takliflar tayyorlaş;
inson huquqlarini himoya qiliş va amalga oşiriş masalalari böyiça davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va boşqa taşkilotlarga maslahat beriş funksiyasini amalga oşiriş va ularga amaliy kömaklaşiş;
inson huquqlari sohasida aholi huquqiy savodxonligini oşirişga kömaklaşiş, inson huquqlariga rioya qiliş masalalari böyiça ilmiy tadqiqotlarni taşkil etiş va ötkaziş, şuningdek, noşirlik faoliyatini amalga oşiriş;
inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar hamda tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oşiriş.
Markaz öziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oşiradi:
a) inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oşirilişiga, uşbu sohadagi Özbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining bajarilişi böyiça davlat organlari faoliyatiga kömaklaşiş sohasida:
inson huquq va erkinliklarini himoya qiliş sohasida davlat siyosatini samarali amalga oşiriş böyiça takliflar işlab çiqadi;
xalqaro taşkilotlar, şuningdek, xorijiy davlatlarning inson huquqlari töğrisidagi hisobotlarida taqdim etilgan ma'lumotlarga şarhlar tayyorlaydi;
inson huquq va erkinliklarini rağbatlantiriş va himoya qiliş, şuningdek, inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajariş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş böyiça davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro taşkilotlarning takliflarini töplaş va umumlaştirişni amalga oşiradi;
inson huquqlari sohasidagi Özbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya qiliş masalalari böyiça davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining axborotlarini tinglaydi;
inson huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro tuzilmalardan kelib tuşadigan individual murojaatlar böyiça tegişli çoralar köradi;
inson huquqlari, şuningdek, inson huquqlari böyiça xalqaro şartnomalarni qöllaş masalalari yuzasidan Özbekiston Respublikasining yakdil nuqtai nazarini şakllantirişga kömaklaşadi;
b) inson huquqlari va erkinliklariga rioya qiliş holatini örganiş, tahlil qiliş va umumlaştiriş, inson huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilişini monitoring qiliş sohasida:
inson huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini davlat organlari tomonidan bajarilişi masalalari böyiça ma'lumot töplaşni amalga oşiradi;
inson huquqlari sohasidagi qonunçilikka, şuningdek, inson huquqlari sohasidagi Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalari qoidalariga davlat organlarining rioya qiliş holatini tizimli tahlil qiladi va umumlaştiradi;
inson huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro tuzilmalar tavsiyalarini, şuningdek, tegişli davlat organlari va taşkilotlarning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarişning, şu jumladan ma'lumotlar bazasidan foydalaniş orqali milliy harakat rejalarini amalga oşiriş böyiça yaxlit uslubiyotni işlab çiqadi va monitoringini amalga oşiradi;
inson huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro taşkilotlar tavsiyalarini bajariş böyiça davlat organlari faoliyati samaradorligini baholaydi;
inson huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro tuzilmalardan kelib tuşadigan individual murojaatlarni davlat organlari tomonidan körib çiqişning tizimli monitoringini amalga oşiradi;
jismoniy şaxslar va yuridik şaxslarning vakillarini qabul qiladi, ularning murojaatlarini körib çiqadi, şuningdek, ularning hal qilinişi monitoringi va tahlilini ötkazişni amalga oşiradi;
v) Özbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etiş va ularni himoya qiliş böyiça milliy ma'ruzalar tayyorlaş, inson huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oşiriş böyiça milliy harakat rejalarini (“yöl xaritalari”ni) işlab çiqiş sohasida:
Özbekiston Respublikasida inson huquqlari ta'minlanişi holati töğrisidagi hisobotlarni har yili çop etadi;
milliy ma'ruzalar tayyorlaş jarayonlarini standartlaştiriş, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining axborot va ma'lumotlarini yiğişni muvofiqlaştiriş böyiça çoralar köradi;
inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarni bajariş böyiça Özbekiston Respublikasining milliy ma'ruzalarini tayyorlaş va taqdim etiş jarayoniga inson huquqlari körsatkiçlarini moslaştiriş va tatbiq qiliş böyiça çoralar köradi;
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan taqdim etiladigan ma'lumotlar asosida BMTning ustav va şartnomaviy organlari uçun Özbekiston Respublikasining asosiy, milliy va davriy ma'ruzalarini öz vaqtida va sifatli tayyorlaşni ta'minlaydi;
BMTning ustav va şartnomaviy organlari tavsiyalarini bajariş töğrisida oraliq axborotlar taqdim qiladi;
BMTning ustav va şartnomaviy organlari tavsiyalarini bajariş böyiça Özbekiston Respublikasi milliy ma'ruzalari loyihalari muhokamasi yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan muntazam muvofiqlaştiruvçi kengaşlar ötkazadi;
davlat organlari, şuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari iştirokida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi milliy ma'ruzalari loyihalarining muhokamasini öz vaqtida ötkazişni ta'minlaydi;
inson huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro tuzilmalarga Özbekiston Respublikasining milliy ma'ruzalarini yuboradi va ularni BMTning ustav va şartnomaviy organlariga taqdim qiladi;
Özbekiston Respublikasining tegişli milliy va davriy hisobotlarini körib çiqiş yakunlari böyiça BMT ustav va şartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini körib çiqadi;
Özbekiston Respublikasining inson huquqlari böyiça milliy ma'ruzalarini körib çiqiş yakunlari böyiça BMT ustav va şartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini davlat tiliga tarjima qiliş va manfaatdor davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga öz vaqtida jönatişni ta'minlaydi;
inson huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning yakuniy taklif va tavsiyalarini körib çiqiş va bajariş böyiça davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini metodik boşqarişni hamda ularning samarali hamkorligini ta'minlaydi;
manfaatdor davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, şuningdek, xalqaro va xorijiy taşkilotlar bilan milliy harakat rejalarini (“yöl xaritalari”ni) işlab çiqiş böyiça maslahatlaşuv ötkazadi;
BMTning ustav va şartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajariş böyiça milliy harakat rejalarini
(“yöl xaritalari”ni) işlab çiqadi va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga tasdiqlaş uçun taqdim qiladi;
Özbekiston Respublikasining tegişli davriy hisobotlarini körib çiqiş yakunlari böyiça BMTning ustav va şartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajariş böyiça tasdiqlangan milliy harakat rejalari (“yöl xaritalari”) mas'ul ijroçilarga yetkazilişini ta'minlaydi;
BMTning ustav va şartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajariş böyiça milliy harakat rejalari ijrosi masalalari yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari uçun metodik tavsiyalar tayyorlaydi;
inson huquq va erkinliklariga rioya qiliş va ularni himoya qilişni ta'minlaş sohasidagi ilğor özgarişlarni tavsiflovçi inson huquqlari böyiça axborot-tahlil va statistik ma'lumotlarning yagona bazasini şakllantiradi;
inson huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar tavsiyalarining yagona ma'lumotlar bazasini işlab çiqadi va uning işlaşini ta'minlaydi;
ommaviy axborot vositalari, şu jumladan, Internet xalqaro axborot tarmoğida Özbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarining ta'minlanişi holati haqidagi xolis axborotning çop etilişini taşkillaştiradi;
g) normativ-huquqiy hujjatlarni takomillaştiriş, inson huquqlari sohasidagi Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalarini milliy qonunçilikka va huquqni qöllaş amaliyotiga implementatsiya qilişni ta'minlaş böyiça takliflar tayyorlaş sohasida:
inson huquqlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning doimiy tahlilini amalga oşiradi va inson huquqlari böyiça xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning xalqaro standart va tavsiyalarini, şuningdek, ilğor xorijiy tajribani inobatga olgan holda inson huquqlari sohasidagi qonunçilikni yanada takomillaştiriş böyiça takliflar tayyorlaydi;
inson huquqlari sohasidagi xalqaro şartnomalarning milliy qonunçilikka va huquqni qöllaş amaliyotiga implementatsiya qilinişini ta'minlaş çoralarini işlab çiqadi;
inson huquqlari böyiça xalqaro şartnomalarni ratifikatsiya qiliş
va tegişli davlat organlari tomonidan ularning amaliy ijrosi böyiça takliflar tayyorlaydi;
inson huquqlari va erkinliklari masalalari böyiça qonun loyihalarining işlab çiqilişi va muhokamasida iştirok etadi;
inson huquqlari masalalari böyiça qonun loyihalarini tayyorlaş taşabbuslari bilan çiqadi va ularning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan keng muhokamasini ötkazadi, şuningdek, ularni qonunçilik taşabbusi huquqi sub'yektlariga kiritadi;
d) inson huquqlarini himoya qiliş va amalga oşiriş masalalari böyiça davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va boşqa taşkilotlarga maslahat beriş funksiyasini amalga oşiriş va ularga amaliy kömaklaşiş sohasida:
inson huquqlari sohasidagi Özbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari borasida davlat organlari xodimlarining salohiyatini oşiriş böyiça çoralar köradi;
inson huquqlariga rioya etiş va ularni himoya qiliş sohasida davlat organlari faoliyatini takomillaştiriş böyiça tavsiyalar işlab çiqadi;
inson huquqlari sohasidagi Özbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilişiga tösqinlik qiluvçi sabab va şaroitlarni aniqlaş va bartaraf etiş işlari samaradorligini oşirişga yönaltirilgan tadbirlarni taşkil etadi;
inson huquqlari sohasidagi Özbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilişi ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşirişda kömaklaşadi;
ye) inson huquqlari sohasida aholi huquqiy savodxonligini oşirişga kömaklaşiş, inson huquqlariga rioya qiliş masalalari böyiça ilmiy tadqiqotlarni taşkil etiş va ötkaziş, şuningdek, noşirlik faoliyatini amalga oşiriş sohasida:
inson huquqlari va erkinliklari masalalari böyiça ma'rifat va ta'lim tizimini takomillaştirişga yordam körsatib, jamiyatda inson huquqlari madaniyatini şakllantirişga yönaltirilgan milliy dasturlar va harakat rejalarini işlab çiqadi;
inson huquqlari böyiça adabiyotlar, telekörsatuv va radioeşittirişlar tayyorlaydi va taqdim qiladi;
inson huquqlari masalalari böyiça davlat organlari xodimlarini öqitiş va ularning malakasini oşirişning samarali mexanizmlarini va tartibini şakllantiradi;
BMTning ustav va şartnomaviy organlariga inson huquqlari sohasida Özbekiston Respublikasi milliy ma'ruzalarini, muqobil ma'ruzalarni, inson huquqlari böyiça xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar sörovlariga javoblarni tayyorlaş asoslari yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini öqitiş böyiça öquv kurslarini işlab çiqadi va olib boradi;
öqitişni taşkil etiş uçun oliy ta'lim muassasalari öqituvçilari, amaliyotçi mutaxassislar, xorijiy mutaxassislarni jalb etadi;
inson huquqlariga rioya etiş va ularni himoya qiliş masalalari böyiça axborot-ma'rifiy kampaniyalar, seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, uçraşuvlar, jamoat maslahatlaşuvlarini ötkazadi;
inson huquqlariga rioya etiş va ularni himoya qiliş böyiça ilmiy tadqiqotlar ötkazadi, inson huquqlari sohasidagi xalqaro şartnomalarni amalga oşirişda xalqaro va xorijiy tajriba yuzasidan ilmiy-tahliliy materiallarni örganadi va tayyorlaydi;
inson huquqlari masalalari böyiça ilmiy-texnik grant va loyihalarning amalga oşirilişida iştirok etadi, Özbekiston Respublikasining inson huquqlari böyiça xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar faoliyatidagi iştiroki samaradorligini ilmiy tahlil qiladi va baholaydi;
noşirlik faoliyatini olib boradi, “Demokratlaştiriş va inson huquqlari” ilmiy-davriy naşrini hamda inson huquqlari böyiça boşqa bosma mahsulotlarni çop etadi;
j) inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar hamda tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oşiriş sohasida:
Inson huquqlari böyiça BMT Oliy komissari boşqarmasi, BMT tizimidagi dasturlar, fondlar va ixtisoslaştirilgan muassasalar, Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti va boşqa xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar bilan inson huquqlariga rioya qiliş, ularni himoya qiliş va rağbatlantiriş masalalari böyiça hamkorlik qiladi;
inson huquqlari masalalari böyiça xalqaro va mintaqaviy tadbirlarda Özbekiston Respublikasi nomidan iş köradi;
inson huquqlari sohasida Özbekiston Respublikasining xalqaro sa'y-harakatlarni faollaştirişga yönaltirilgan taşabbuslarini xalqaro taşkilotlarda ilgari suriş böyiça çoralarni işlab çiqadi;
inson huquqlari böyiça xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, boşqa nohukumat huquqni muhofaza qiliş taşkilotlari işida qatnaşadi;
inson huquqlari böyiça xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga kömaklaşadi;
xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari böyiça milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oşiradi va hisobot hamda kelgusi harakatlar masalalari böyiça tajriba almaşadi;
davlat organlarini inson huquq va erkinliklarining samarali himoyasi borasidagi xalqaro standartlar va ilğor amaliyot bilan taniştiriş maqsadida xalqaro va xorijiy ekspertlar iştirokida xalqaro va (yoki) mintaqaviy tadbirlar taşkil etadi;
inson huquqlari sohasida qonunçilik, ta'lim va ma'rifiy masalalarni takomillaştiriş, davlat organlarining huquqni qöllaş faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etişni taşkillaştiriş yuzasidan tajriba almaşiş böyiça xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oşirişda iştirok etadi.











