Çempionlar ligasi guruh bosqiçidagi oxirgi öyinlar oldidan pley-offning 16 iştirokçisidan 15tasi ma'lum bölib ulgurgan. Oxirgi yöllanma taqdiri «Şaxtyor» va «Lion» örtasidagi özaro bahsda hal böladi.

A guruhi: Bu guruhda 1/8 final bosqiçiga birinçi örin bilan Dortmundning «Borussiya»si yöl oldi, ikkinçi örinni – «Atletiko» egalladi. Uçinçi örinni band etgan «Bryugge» Yevropa Ligasida öynaydi. «Monako» törtinçi örinda qolgan holda yevrokuboklarni tark etadigan böldi.

B guruhi: «Barselona» birinçi, «Tottenhem» – ikkinçi. London jamoasiga guruhdan çiqiş uçun 8 oçko yetarli böldi, şunça oçko olgan «Inter» qöşimça körsatkiçlar tufayli uçinçi örinda qolib ketdi. «PSV» guruh omadsizi.

C guruhi: «PSJ» va «Liverpul» mos ravişda birinçi va ikkinçi örinlarni egallagan holda pley-offga çiqqan, oxirgi tur arafasida birinçi örinda bölgan «Napoli» endi Yevropa Ligasida omadini sinab köradi. «Tsrvena Zvezda» yevrokuboklarni tark etdi.

D guruhi: «Portu» guruh bosqiçida eng köp oçko (16) jamğargan jamoa böldi, «Şalke» 11 oçko bilan ikkinçi örinni egalladi. «Galatasaroy» uçinçi böldi va bahorda Yevropa Ligasida öynaydi. «Lokomotiv» e'tiborini töliq içki çempionatga qaratadi.

E guruhi: Bu guruhda «Bavariya» va «Ayaks» muddatidan avval pley-off masalasini hal qilişgan, oxirgi turda bu jamoalar birinçi örinni kim egallaşini özaro uçraşuvda aniqlaşadi, «Benfika» – Yevropa Ligasi yöllanmasini hal qilgan. Törtinçi örinda qolişi aniq bölgan AYeK bilan böladigan uçraşuv rasmiyatçilik uçun ötkaziladi.

F guruhi: «Mançester Siti» pley-offga çiqib bölgan. 1/8 final uçun ikkinçi yöllanma egasi «Şaxtyor» – «Lion» uçraşuvida aniq böladi. «Hoffenhaym» ham Yevropa Ligasi yöllanmasi uçun imkoniyat saqlab qolgan, buning uçun inglizlar öz maydonida mağlub etilişiça, «Lion» ukrainlardan ustun kelişi talab etiladi.

G guruhi: Bu guruhda «Real» va «Roma» pley-offga çiqib bölişgan. Bahorgi öyinlarda Yevropa Ligasining 1/16 finalida iştirok etiş uçun TsSKAda ham, «Viktoriya»da ham imkoniyat bor. Ikki jamoada ham 4 oçkodan jamğarilgan. Moskvaliklar oxirgi turda madridliklar mehmoni böladi, çexlar – rimliklarni qabul qiladi. 

H guruhi: Bahorda «Yuventus» va «Mançester Yunayted» Çempionlar ligasida, «Valensiya» – Yevropa Ligasida öynaydi. «Yang Boyz» uçun barçasi yakunlangan.

Qur'aga köra, guruhlarda birinçi örinni egallagan jamoalar saralanganlar savatçasida böladi, ikkinçi örin bilan çiqqan jamoalarni kuçliroq raqiblar kutadi.