Ötgan haftada Çilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametovning xonadoniga öğri tuşgan.
Kun.uz manbasining ma'lum qilişiça, voqea 5 dekabr kuni sodir bölgan, öğrilar uydan katta miqdordagi mablağlarni olib çiqib ketişgan.
Boş prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz muxbiriga xabar berişiça, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman IIB FMB tomonidan JKning 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ayni vaqtga kelib, öğrilikda gumonlangan 3 kişi qölga olingan.
«Tergov-tezkor tadbirlar natijasida 07.12.2018 yil M.M., Q.G. va G.R. uşlanib, ötkazilgan tintuv tergov harakatlari davomida M.M.ning xonadonidan öğirlangan aşyolar olingan.
M.M., Q.G. va G.R. 09.12.2018 yil jinoyat işi yuzasidan JKning 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan ayblanuvçi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi çorasi qöllangan», deyiladi prokuratura xabarida.
Xabarda qayd etilişiça, tergovda jabrlanuvçi sifatida Çilonzor tumani hokimining turmuş örtoği iştirok etmoqda.
Prokuratura öğirlangan pullar miqdoriga aniqlik kiritmagan.
Ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Ma'lumot uçun, Sarvar Maxametov şu yilning oktabridan buyon Çilonzor tumani hokimi hisoblanadi. U 2010-2016 yillarda Bektemir tumani hokimi, 2016-2018 yillarda Yakkasaroy tumani hokimi sifatida ham işlagan.












