Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Elektr energetikada nazorat böyiça davlat inspeksiyasining “Elektr energiyasini yetkazib beriş, transportirovka qiliş, taqsimlaş va sotişdagi yöqotişlarni aniqlaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan elektr energiyasini yetkazib beriş, transportirovka qiliş, taqsimlaş va sotişdagi yöqotişlarni aniqlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanişi mumkin.

Nizomga köra, “Özbekenergo” AJ har oyda bevosita iste'molçilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi hajmi va tegişli hududlar çegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan hajm örtasidagi tafovut mavjudligi haqidagi ma'lumotlarni Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga taqdim etadi. Taqdim etilgan ma'lumotlar asosida Byuro hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan birgalikda tafovutning vujudga keliş sabablarini aniqlaş böyiça belgilangan tartibda çoralar köradi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalaniş qoidalari”ning 75-bandiga asosan, iste'molçi tarmoğining tranzit uzatişda qatnaşgan qismi, elektr energiyasini uzatişdagi texnologik sarfning yagona elektr energetikasi tizimiga tegişli qismi böyiça “Elektr energiyasini elektr tarmoqlari böylab uzatiş va taqsimlaşda texnologik yöqotişlarning normativlarini hisoblaş tartibi töğrisidagi yöriqnoma”ning 5-formulasiga asosan hisoblanadigan texnologik yöqotişlarning absolyut miqdoriga qöşib hisoblanadi.

Agar iste'molçi egasi bölmagan yoki egasi noma'lum bölgan yoxud egasi egalik qilişdan voz keçgan elektr tarmoği xöjaligi obekti orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanayotgan bölsa, özlarining elektr tarmoqlaridan bunday obektlar orqali elektr energiyasini yetkazib berayotgan hududiy elektr tarmoqlari korxonalari ulardagi texnologik yöqotişlarni özlariga tegişli elektr tarmoqlaridagi texnologik yöqotişlardan alohida hisoblaydilar. Bunda egasi bölmagan yoki egasi noma'lum bölgan yoxud egasi egalik qilişdan voz keçgan elektr tarmoği xöjaligi obekti hududiy elektr tarmoqlari korxonalari balansiga qabul qilingan yoki qilmagan taqdirda, ulardagi texnologik yöqotişlar uşbu korxonalarning texnologik yöqotişlarida hisobga olinadi. Amalga oşirilgan hisob-kitob miqdorlari texnologik yöqotişlarning absolyut miqdoriga qöşib hisoblanadi.

Elektr energiyasini işlab çiqaruvçi, yetkazib beruvçi, taqsimlovçi va sotuvçi korxonalar har yili 1 sentabrgaça kelgusi yil uçun “Elektr energiyasini elektr tarmoqlari böylab uzatiş va taqsimlaşda texnologik yöqotişlarning normativlarini hisoblaş tartibi töğrisidagi yöriqnoma” asosida tarmoqlaridagi elektr energiyasini yöqolişlarini hisoblaydilar va “Özbekenergo” AJga taqdim etadilar. Bunda birlamçi ma'lumotlar elektr energiyasini işlab çiqaruvçi, yetkazib beruvçi, taqsimlovçi va sotuvçi korxonalar rahbarlari, boş muhandislari, boş hisobçi hamda mas'ul bölim boşliqlari imzolari bilan tasdiqlanişi lozim.

Elektr energiyasini işlab çiqaruvçi, yetkazib beruvçi, taqsimlovçi va sotuvçi korxonalar tomonidan texnologik yöqotişlar böyiça amalga oşirilgan hisob-kitoblar “Özbekenergo” AJning tegişli yönalişlari böyiça boşqarmalari tomonidan körib çiqilib, boşqaruv raisining sohaviy örinbosarlari tomonidan tasdiqlanadi.

Nizomga asosan “Özbekenergo” AJ böyiça (korxonalar kesimida) amalga oşirilgan texnologik yöqotişlarning hisob-kitoblari umumlaştirilgan xolda “Özdavenergonazorat” inspeksiyasiga taqdim etiladi. Taqdim etilgan texnologik yöqotişlarning hisob-kitoblari “Özdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan “Elektr energiyasini elektr tarmoqlari böylab uzatiş va taqsimlaşda texnologik yöqotişlarning normativlarini hisoblaş tartibi töğrisidagi yöriqnoma”ga muvofiq amalga oşirilganligi körib çiqiladi va kelişiladi.

“Özbekenergo” AJ har yili korxonalar tomonidan hisoblangan tarmoqlardagi elektr energiyasi yöqotişlarini inobatga olgan holda elektr energetika obektlarining içki tarmoq elektr energiyasi iste'molining prognozini şakllantiradi, hamda örnatilgan tartibda Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi.

“Özbekenergo” AJ Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan elektr energiyasi işlab çiqariş va iste'mol qiliş balansini korxonalar kesimida tarmoqlardagi elektr energiyasi yöqotişlarning me'yoriy miqdorini korxonalarga yetkazadi.

“Özbekenergo” AJ elektr energiyasini işlab çiqariş, transportirovka qiliş va yetkazib berişning haqiqiy rejimidan kelib çiqqan holda, har çorak yakunida korxonalar tomonidan qayta hisoblangan elektr tarmoqlardagi yöqotişlar asosida me'yoriy miqdorlarga özgartirişlar kiritiş yuzasidan Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taklif kiritadi.