Prezident Şavkat Mirziyoyev kuz-qiş mavsumida aholini, ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qiliş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
«Dunyodagi geosiyosiy keskinlik, energiya resurslari va xomaşyo narxlarining ösişi, taʼminot va logistika zanjirlaridagi uzilişlar köplab mamlakatlarda inflyatsion bosimni kuçaytirmoqda. Bunday şaroitda aholi xarajatlarini yengillaştiriş va muhtoj oilalarga manzilli yordam körsatiş alohida ahamiyat kasb etadi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Taqdimotda elektr energiyasi, gaz, kömir va kommunal xizmatlar uçun tölovlar böyiça amaldagi qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Xususan, isitiş mavsumida gazlaşmagan hamda gaz yetib bormagan hududlarda elektr energiyasi böyiça bazaviy meyorni 200 kilovatt-soatdan 350 kilovatt-soatga oşiriş taklifi maʼqullandi.
Dekabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiş masalasini körib çiqiş taklif qilindi.

Şuningdek, Ijtimoiy reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi, gaz, kömir va kommunal xizmatlar xarajatlarini qoplaşda oilaning har bir aʼzosiga qöllaniladigan daromad mezonini 1 million 430 ming sömgaça oşiriş taklifi körib çiqildi. Natijada qöllab-quvvatlaş qamrovi yana 166 ming oilaga kengayadi.
Elektr energiyasi va gaz böyiça bazaviy meyordan ortiq isteʼmoli xarajatlarining bir qismini qoplaş muddatini 2028-yil 1-aprelgaça uzaytiriş taklif qilindi. Bu çora bilan bir yilda 470 ming oilani qamrab oliş nazarda tutilmoqda. Şaroiti oğir mahallalardagi 3 mingta xonadonni issiqlik jihatidan himoyalaş va energiya tejovçi uskunalar bilan taʼminlaş işlari ham davom ettiriladi.

Davlat rahbari hukumatga belgilangan yordam uçun mablağlarni öz vaqtida yönaltiriş, ehtiyojmand oilalarni aniqlaşda manzillilikni taʼminlaş va yordam har bir oilaga yetib borişi ustidan nazoratni kuçaytirişni topşirdi.

















