«Islom davlati» va «Jabhat an Nusra» terrorçilik taşkilotlarining Rossiyadagi tarafdorlari Afrika aholisiga yordam beriş niqobi ostida jangarilar uçun pul yiğişgan. Bu haqda Doğiston huquqni muhofaza qiliş organlaridagi manbaga asoslanib RIA Novosti xabar qildi.

Ma'lumot berilişiça, gumondorlar göyoki Afrikada quduqlar quriş uçun pul yiğişgan, aslida esa barça yiğilgan pullar terrorçilarga jönatilgan.

Avvalroq jangarilarni moliyaviy ta'minlab turgan yetti nafar rossiyalik qölga olingani xabar qilingandi. Ular 2010 yildan buyon terrorçilik taşkilotlari hisobiga kamida 38 mln rubl (570 ming dollardan ortiq) ötkazişgan.

Qölga olinganlar Moskva, Moskva viloyati, Inguşetiya, Doğiston va Çeçenistonda yaşaşgan.