2019-2021 yillar davomida Özbekistonda umumiy qiymati 1,5 mlrd. dollarga teng 800ga yaqin loyihalar amalga oşirilişi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

13 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Senatining ön yettinçi yalpi majlisi öz işini boşladi. Unda kiriş nutqi bilan çiqiş qilgan Senat raisi Niğmatilla Yöldoşev kelgusi ikki yilda Özbekistonda amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyihalar haqida ma'lumot berdi.

«Prezidentimizning sa'y-harakati bilan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali röyobga çiqariş maqsadida kelgusi ikki yilda 1,5 mlrd. dollarlik 800ga yaqin loyihani amalga oşiriş közda tutilgani insonparvarlik siyosatining isbotidir», - dedi u.

Davlat rahbari 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda investitsiya kiritiş uçun eng qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan, investitsiya faoliyati sohasidagi unifikatsiya qilingan qonun hujjati loyihasini işlab çiqiş va kiritiş vazifasini topşirgandi.

Şunga monand, Özbekistonda «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati töğrisida»gi qonun işlab çiqildi. Qonun loyihasi Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida joylaştirilgan, jamoatçilik muhokamasi 21 dekabrgaça davom etadi.

Ayni vaqtda şu sohaga oid 8ta Qonun va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, prezident farmonlari mavjud. Muhokamaga qöyilgan yangi qonunda yuqoridagi hujjatlarning eng muhim qismlari kiritilib, yaxlit qilib töplanadi va yagona qonunçilik bazasi şakllantirilişi kutilmoqda.