Toşkent viloyatining Çimyon toğlarida joylaşgan Mudofaa vazirligi Toğ tayyorgarligi öquv-maşqlar markazida Davlat xavfsizligi xizmati çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari bilan qişki amaliy maşğulotlar ötkazilişi boşlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, öttizdan ortiq harbiy xizmatçilar bu yerda 12 kun davomida toğ tayyorgarligi, otiş, çanğida uçiş, harbiy topografiya, ekstremal şaroitlarda yaşovçanlik hamda harbiy alpinizm tayyorgarliklari böyiça malakali mutaxassislardan saboq oladilar.


Toğli hududlardagi harbiy harakatlar asosan dovonlar va ötiş yöllarini, baland toğlarda yaşaş uçun qulay bölgan hududlarni egallaş uçun olib boriladi. Bu jarayonda harakatlanişning öziga xos jihatlariga, irodani mustahkamlaşga, oğir vaziyatlardan çiqiş, birinçi tibbiy yordam körsatiş, evakuatsiya qiliş könikmalarini hosil qilişga alohida e'tibor qaratiladi.


Maşğulotlarni Mudofaa vazirligi Toğ tayyorgarligi öquv-maşqlar markazining mohir harbiy alpinist-yöriqçilari olib bormoqda.
Amaliy maşğulotlarni muvaffaqiyatli ötagan harbiy xizmatçilarga «Harbiy instruktor alpinist va Harbiy alpinist» sertifikati hamda kökrak nişoni topşiriladi.












