Özbekistonda xizmat körsatgan artist Obid Agzamoviç Asomov «Multiplikatsion filmlar studiyasi» DUK direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Özbekkino» milliy agentligi xabar berdi.

Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi «Milliy kinematografiyani yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ 3176- sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi «Özbekkino» Milliy agentligi faoliyatini taşkil etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi 1030-sonli qarorlariga asosan «Multiplikatsion filmlar studiyasi» DUK taşkil etilgandi.

Obid Asomov 1963 yil 22 oktabr kuni Toşkent şahrining Çilonzor tumanida tavallud topgan. 1993 yilda «Obid-A» teatrini taşkil qilgan. Özbekiston va xorijda maşhur qiziqçi, iste'dodli aktyor sifatida tanilgan.