Amaldagi tartiblarga muvofiq, Özbekiston Respublikasi fuqarolari, Özbekiston Respublikasida doimiy yaşaş joyiga ega bölgan çet ellik fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarga 5 000 AQŞ dollariga teng yoki undan oşmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatgan holda erkin olib çiqib ketişlariga ruxsat etiladi.
Çet el fuqarolari esa Özbekistonga kiriş çoğida olib kirgan miqdordagi naqd xorijiy valyutani erkin olib çiqib ketişlari mumkin.
Belgilangan summadan ortiqça naqd xorijiy valyutani olib çiqib ketiş uçun Markaziy bankning hududiy boşqarmalari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar talab etiladi.
Ayrim şaxslar tomonidan respublikadan naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy ravişda olib çiqişga bölgan urinişlar hamon közga taşlanmoqda, deb xabar beradi Bojxona qömitasi axborot xizmati.

Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi “Bekobod avto” çegara bojxona posti xodimlari tomonidan, uşbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro B.D. bojxona nazoratidan ötkazilganida, oğzaki sörovida ma'lum qilinmagan, öng va çap oyoqlariga kiyib olgan paypoqlari içiga yaşirgan xolda 20 ming AQŞ dollarini respublikamizdan olib çiqişga bölgan urinişi foş qilindi.

“Ğiştköprik” çegara bojxona posti xodimi tomonidan uşbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro D.K. xolislar iştirokida şaxsiy körikdan ötkazilganida, egnidagi içki kiyimi içiga yaşirilgan va oğzaki sörovda taqdim qilinmagan 1 mln qozoq tengesini qöşni davlatga olib ötayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom ettirilmoqda.











