Prezidentning 12.12.2018 yildagi PQ-4060-son qarori bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş tizimiga “Xavfsiz xonadon” konsepsiyasini joriy etiş ma'qullandi.
Norma’ning yozişiça, hujjat ayrim özgartirişlar bilan qabul qilindi, ular haqida – quyida.
1. Texnik qöriqlaş va harakatlaniş punktlariga xabarni uzatiş va markazlaşgan kuzatuvning avtomatlaştirilgan tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etişga köproq vaqt berildi. Endi uni tugallaş 2022 yilning 1 yanvariga emas, balki 2022 yilning 31 dekabriga rejalaştirilmoqda.
2. Tasdiqlangan hujjatda dam oliş va umumiy ovqatlaniş joylari, turizm obektlari va savdo-köngiloçar muassasalarda içki işlar organlarining jamoat tartibini muhofaza qiliş va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida xizmatlar körsatişi töğrisida şartnomalar tuziş amaliyotini joriy etiş közlangan norma mavjud emas.
3. Qöriqlaş boş boşqarmasining matbuot bölimida 3 nafar emas, balki 5 nafar mutaxassis işlaydi. Bu barpo etilayotgan tizimni tarğib va ommabop qilişga yordam beradi.
Mohiyati özgartirilmagan holda boşqa normalar formulirovkasiga tuzatişlar kiritildi.
Eslatib ötamiz, qöriqlaş xizmati xizmatlaridan foydalanuvçilar uçun qulay bölişi uçun:
• IIO qöriqlaş xizmati mutaxassislarini çaqirişning qisqa raqami taşkil etiladi;
• texnik qöriqlaş va harakatlaniş punktlariga ulaniş uçun onlayn ariza rasmiylaştiriş tartibi kiritiladi.
Hujjat 13.12.2018 yildan kuçga kirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda yangi turar joylar majburiy ravişda gazoanalizatorlar bilan jihozlanişi xabar qilingandi.












