Polşada 16 dekabrda BMTning iqlim böyiça anjumanida Deklaratsiya 24 (COP 24) qabul qilindi. Deklaratsiya anjuman ötgan şahar nomiga Katovitse pakti deb nomlandi.
Ta'kidlanişiça, hujjat iqlim böyiça Parij kelişuvini bajarişning yöl xaritasi hisoblanadi
Pakt ostiga imzo qöyganlar sayyoramizda global isişga qarşi yetarliça harakatlar amalga oşirilmayotgani haqidagi axborotga rozi bölişgan.
Hujjatda global isiş oqibatlarini çeklaş böyiça tezkor harakatlar amalga oşirilişi hamda bu yönalişdagi işlarni 2020 yildan keyin kuçaytiriş va bu maqsadda har yili 100 mlrd dollardan köproq mablağ safarbar etiş zarurligi qayd qilingan.
Anjuman iştirokçilari, şuningdek, iqlim böyiça Parij kelişuvini amalga oşiriş qoidalari töplamini qabul qilişdi.
Hujjatda rivojlangan davlatlar iqlim özgarişiga qarşi kuraşda noçor davlatlarga ajratadigan mablağlar hamda kelişuv şartlari bajarilişi monitoringi böyiça çoralar haqida gapirilgan.
AQŞ davlat departamenti anjuman natijalariga köra AQŞ kelişuv doirasida biror-bir majburiyatni öz zimmasiga olişdan voz keçişini tasdiqlagan.
Iqlim böyiça Parij kelişuvi 2015 yil dekabrda qabul qilingan va eskirib qolgan Kioto kelişuvi örnini egallagan. Hujjatni 196 ta davlat imzolagan. Kelişuvdan maqsad örtaça havo haroratining sanoatgaça davrdagi körsatkiçlardan 2 gradusdan köproq oşişiga yöl qöymaslikdan iborat.
2017 yil iyunda AQŞ prezidenti Donald Tramp “maqbulroq şartlar” taqdim qilinmasa, mamlakati kelişuvdan çiqişini aytgan. Trampning fikriça, uşbu kelişuv hozirgi körinişida AQŞ iqtisodiyotiga putur yetkazadi, iş örinlari qisqarişiga olib keladi va AQŞ suverenitetini zaiflaştiradi.












