Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi töğrisida Nizomni tasdiqlaş haqida”gi prezident qarori loyihasi joylaştirildi.
Nizomga köra, oliy va örta maxsus ta'limi vazirining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:
- Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, şuningdek, boşqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etiş;
- Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli qarori bilan Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oşirilişini taşkil etiş, Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiliş;
- Özbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça konsepsiyalar, kompleks dasturlar va çora-tadbirlarni amalga oşiriş jarayonini tubdan va çuqur tahlil qiliş;
- Vazirlik, uning tuzilmaviy va böysunuvçi bölinmalari, oliy va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyati bilan boğliq prognoz körsatkiçlarga erişiş yuzasidan çora-tadbirlarni qabul qiliş;
- Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari bilan özaro hamkorlik qiliş, Vazirlar Mahkamasi majlislarida va uning rayosatida körib çiqiladigan masalalarni muhokama qiliş jarayonida iştirok etiş;
- Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Özbekiston Respublikasi Boş vaziri va uning örinbosarlari körsatmalarini sözsiz bajariş;
- öz örinbosarlari vakolatlarini belgilaş, ular örtasidagi vazifalarini taqsimlaş, Vazirlikning boşqa rahbar xodimlarning vakolatlarini va şaxsiy javobgarligini belgilaş;
- Vazirlik faoliyatini rejalaştirişni taşkil etiş, iş rejalarini tasdiqlaş, ularning bajarilişini nazorat qilişni ta'minlaş;
- Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bajarilişini taşkil etiş va monitoringini amalga oşiriş böyiça samarali tizim yaratiş;
- Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlaş böyiça kompleks amaliy çora-tadbirlarni amalga oşiriş, şuningdek, tarkibiy va böysunuvçi bölinmalar rahbarlarining şaxsiy javobgarligini oşiriş böyiça çora-tadbirlar qabul qiliş, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi “Özbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topşiriqlari samarali va natijali ijro etilişi, şuningdek, ijro intizomi mustahkamlanişi uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatçilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari hamda barça darajalardagi hokimliklar rahbarlarining şaxsiy javobgarligi töğrisida”gi PQ-2881-son qaroriga asosan körsatmalarning öz vaqtida va sifatli bajarilişi ta'minlaş;
- Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 12-son qaroriga muvofiq Özbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va körsatmalarini samarali bajarilişi, şuningdek, ijro intizomini mustahkamlaş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
- Vazirlik xodimlarini tizimli ravişda qayta tayyorlaş va malakasini oşirişni taşkil etiş;
- Vazirlik tizimida xodimlarni tanlaş va joy-joyiga qöyiş, ularning samarali faoliyat körsatişlari uçun zarur şaroitlarni yaratiş, Vazirlik tizimining kadrlar zaxirasini şakllantiriş;
- Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nomenklaturasiga kiradigan böş lavozimlarga taqdim etiladigan nomzodlar, şuningdek, Vazirlikka qabul qilinayotgan boşqa kadrlarning kasbiy mahorati, malakasi, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi işbilarmonlik va ma'naviy sifatlari kafolatini ta'minlaş;
- “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiyani va boşqa jinoyatlarni oldini oliş böyiça çora-tadbirlar köriş;
- “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunining talablariga qat'iy rioya etiş, faoliyat sohalari böyiça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli işlab çiqilişini taşkil etiş;
- Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar böyiça normativ-huquqiy hujjatlarni işlab çiqiş va tasdiqlaş, zarur hollarda boşqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegişli qöşma qarorlar qabul qiliş;
- Vazirlikka taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning taklif va loyihalarini Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 14 fevraldagi 62-sonli qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda töliq va har tomonlama körib çiqilişini ta'minlaş;
- Özbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi qonuni talablariga qat'iy amal qiliş, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini körib çiqiş böyiça samarali işlarni taşkil qiliş;
- tarkibiy bölinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eşitiş va ularning belgilangan körsatkiçlarga erişiş uçun şaxsiy mas'uliyatini oşiriş;
Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boşqa majburiyatlarni amalga oşiradi.
Vazir:
- Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar ijrosi;
- Mazkur Nizomda nazarda tutilgan Vazirning funksional majburiyatlarining sifatli bajarilişi uçun şaxsan javobgardir.
Vazir maqomiga köra Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zosi hisoblanadi.
Vazir örinbosarlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimlaridan ozod qilinadi va lavozimiga tayinlanadi.
Vazir bölmaganda uning vakolatlari bajarilişi taqsimlangan vazifalarga muvofiq örinbosarlar tomonidan amalga oşiriladi.
Vazirlikning tarkibiy bölinmalari rahbarlari va xodimlari, şuningdek, Vazirlik tasarrufidagi taşkilotlar rahbarlari, oliy ta'lim muassasalari prorektorlari, filial direktorlari va örinbosarlari, kollej, oliy maktab direktorlari, hududiy bölinmalar rahbarlari Vazir tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining asosiy vazifalari belgilanişi xabar berilgandi.












