“RIA Reyting” agentligi Yevropaning 40 ta davlati, Rossiya, Qozoğiston va Turkiyada aholining sarf-xarajatlari strukturasini örganib, bu davlatlar aholisi oziq-ovqat mahsulotlariga qança pul sarflaşini aniqladi.
“RIA Novosti” axborot agentligi buyurtmasi bilan ötkazilgan tahlilga köra, Lyuksemburg aholisi oziq-ovqat mahsulotlariga öz byudjyetining 8,7 foizinigina işlatar ekan. Yetakçi uçtalikka Buyuk Britaniya (10 foiz) va Niderlandiya (10,6 foiz) ham kirgan. Rossiyada bu körsatkiç 31,2 foizni taşkil qilar ekan.
Bu boradagi eng past körsatkiçlar Qozoğiston, Moldova va Ukrainada qayd qilingan. Qozoğiston va Moldova aholisi öz byudjyetining 40 foizini, Ukraina aholisi esa 50 foizini oziq-ovqatga işlatişi aniqlangan.
Tadqiqotda milliy statistik xizmatlar, Rosstat hamda Xalqaro valyuta jamğarmasi ma'lumotlari qöllangan.












